Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


Qisqacha nazariy ma`lumot



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155
Geologiya majmua

Qisqacha nazariy ma`lumot 
Umumiy tushuncha
. Bu sinflarga mansub bo`lgan minerallarni ularning xar xil 
ko`rinishlariga qarab xar xil turlarga bo`lish mumkin.
Kimyoviy – turlashda minerallarning tarkibidagi kimyoviy elementlarning turiga 
qarab, kristalloximik tarkibiy tuzilishi, genetik turlashda ularning kelib chiqish holati, 
geoximik turlashda yer qa`rida butun bir kimyoviy elementlarning yer shari bo`yicha 
tarqalishi va geografik turlashda minerallarning geografik jihatdan yer shari bo`yicha 
taqsimlanishi.
1.
Sof tugma elementlar: grafit 
2.
 
Sulfidlar: galenit, kinovar
 
3.
 
Galloidlar: sil`vin
 
4.
 
Oksidlar va gidrooksidlar: korund, magnetit, limonit
 
Sof tugma elementlar: grafit 
 
Grafit-S
-Singoniyasi geksogonaldir. To`g`ri kristallari kamdan-kam. Ba`zan 
oltiburchakli plastinkachalar, tabletkachalar shaklida bo`ladi. Agregatlari ko`pincha 
mayda tangachalardan iborat. Rangi kulrangdan qoragacha. Chizig`i yaltiroq qora. 
Qattiqligi 1. Qo`lga yog`liqdek unnab, qo`lni va qog`ozni qoraytiradi. Sol. Og`. 2,09-
2,23. Tabiatda donador varaqsimon zich massa shaklida marmar va gneys toshlarida 
uchraydi. Grafit tigellar tayyorlashda, quyish ishlarida, qalamlar chiqarishda
buyoqchilikda va boshqa sohalarda ishlatiladi. 
 

 


 
Sulfidlar: galenit, kinovar 
 
Galenit – PbS. 
Mineralning
nomi lotincha «galena»-qo`rg`oshin rudasi 
so`zidan kelib chiqqan. Sinonimi: U qo`rg`oshindek yaltiroqdir. Xillari: selanli 
galenitdir. Galenitning «svinchak» deb aytiladigan fizik xili galenitning mayda donali 
zich xira massasidan iborat. Kristallari kub shaklida. Rangi qo`rg`oshindek kulrang. 
Chizig`i kulrang-qora va metaldek yaltiroq. Qattiqligi 2-3. Ulanishi kub bo`yicha o`ta 
mukammal. Sol. Og`. 7,4-7,6. Eng muhim qurg`oshin rudasi. 
 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin