Bunda Al-Albit Na [AlSi
3
OS], An-anortit Ca[Al
2
Si
2
OS] moleklasidir. N o0 dan
100 gacha o`zgaradi. «Plagioklaz» grekcha-qiyshiq sinish demak. Albit lotincha albus
so`zidan kelib chiqqan bo`lib oq demakdir. Anortos grekcha qiyshiq demakdir.
Magmatik jinslar sistematikasida plagioklazlarning tarkibi juda muhim ahamiyatga ega
bo`lganligi uchun Ye. S.Fedorov har bir plagioklaz tarkibidagi anorit molekulasining
protsenti miqdoriga qarab alohida nomerlaydi va ularning ancha qulay va juda
ratsional klassifikatsiyasini taklif etdi. Plagioklaz tarkibidagi anortit molekulasining
protsenti mikdoriga karab aloxida nomerlanadi. Masalan, plagioklaz № 60 tarkibida
60% anortit bilan 40% albit bo`lgan izomorf aralashmadan iborat. Plagioklazlar
nordon 0-30, o`rtacha № 30-60 va asos № 60-100 bo`ladilar. Plagioklaz gruppasiga
qo`yidagi minerallar kiradi.
Albit – 0-10 % An molekulasi bor.
ortoklaz
- 10-30 %
andezin
- 30-50 %
labrodor
- 50-70 %
bitovnit
- 70-90 %
amortit
- 90-100 %
Kristallari tabletkacha yoki tabletkacha-prizmatik qiyofaga Anti- antigorit, At-
amezit ega. Murakkab polisintetik kushalok kristallari juda ko`p. Rangi oq, kulrang-
oq, ba`zan yashilroq, ko`kimter shishadek yaltiraydi. Qattiqligi 6-6,5. Ulanish tekisligi
mukammal. Sol. Og. 2,61-2,71. Ko`kimtir bo`lib tovlanib turadigan tuq-kul rang yoki
qoramtir labrodoritlar bezak tosh sifatida ishlatiladi. Optik effektlarga karab alohida
nomlangan tovlanuvchi nordan plagioklazlarga oy toshi va eventyurin yoki quyosh
toshi kiradi.
Dostları ilə paylaş: