6-AMALIY ISHI
MAGMATIK TOG` JINSLARINI O`RGANISH
Ishdan maqsad:
Magmatik tog` jinslarini laboratoriya sharoitida o`rganish va
ularning namunalari bilan tanishish.
Umumiy tushuncha:
Magmatik tog` jinslari suyuq qaynoq silikatli eritma–magmaning
chuqurlikda
yoki yer qobig`ining ustki qismida kristallanib qotgan mahsulotidir.
Magmatik tog` jinslari hosil bo`lishlariga qarab chuqurlik yoki intruziv va yer
betiga quyilgan – effuzif tog` jinslariga bo`linadilar.
Intruziv jinslarning muhim mikroteksturasi to`la kristallangan (tekis donali,
porfirsimon, pegmatitli, diabazli) bo`ladilar.
Effuzif tog` jinslarining muhim makroteksturasi –
shishasimon, afanitli yoki
mikrokristalli,
porftrli
bo`ladi.
Magmatik
tog`
jinslarining
eng
muhim
makroteksturalari zich-yaxlit, flyuidel, shleyek va bodomsimon bo`ladi.
Magmatik jinslar kislota
darajasiga qarab nordon, o`rta, asosli, o`ta asosli va
ishqorli bo`ladilar.
Magmatik jinslarining eng muhim jins yaratuvchi minerallari:
I.
Rangsiz silikatlar: kaliyli dala shpatlari – ortoklaz,
mikroklin; oxak
natriyli dala shpatlari – plagioklazlar; feldshpatitlar – nefelin, shuningdek
oksidlar sinfiga munsub bo`lgan kvarts.
II.
Rangdor silikatlar – slyudalar (muskovit, biotit), amfibollar (rogovaya
obmanka), piroksenlar (avgit, egirin) va olivin.
Magmatik tog` jinslarining mineral tarkibi uning kislotali darajasiga
bog`liqdir. Magmatik tog` jinslarining rangi
ularning mineral tarkibiga
bog`liqdir.
III.
Magmatik tog` jinslarining hosil bo`lishlariga va ximik tarkiblariga qarab
qo`yidagi klasslarga bo`linadi:
A) nordon intruziv – granit;
nordon gipoabissal – aplit va pegmatit.
nordon effuzif – kvartsli porfir, liparit, falzit, obsidian, ganza.
B) o`rta intruziv – diorit.
o`rta effuzif – plagioklbzli porfirit, andezit.
V) asos intruziv – gabbro
asos gipoabissal – diabaz
asos effuzif – bazalt, bazaltli porfirit.
G) o`ta asos intruziv – dunit, peridotit, piroksenit.
o`ta asos effuzif – pikrit, pikritli porfirit.
D) ishqorli intruzif – siyenit, nefelinli siyenit.
ishqorli effuzif – ortoklazli porfir, traxit,fonolit.
Mashg`ulotni o`tkazilishi–bu mashg`ulotda 25 ga yaqin magmatik jinslarning
namunalari o`rganiladi. Bu jinslarning qisqacha ta`rifi jadvalda keltirilgan bo`lib
ulardan jinslarni aniqlashda foydalanish mumkin. Magmatik jinslarni ta`riflash
qo`yidagi plan bo`yicha bo`ladi: jinsning nomi, uning rangi, mineral tarkibi, teksturasi
va hosil bo`lish sharoiti.
Dostları ilə paylaş: