Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   155
Geologiya majmua

7-AMALIY ISHI
CHO`KINDI TOG` JINSLARINI O`RGANISH 
Ishdan maqsad: 
a) Cho`kindi tog` jinslarini o`rganish. 
b) Cho`kindi tog` jinslarining muhim ximik va organik yo`l bilan hosil bo`lgan 
jinslarni namunalari bilan tanishish. 
Umumiy tushuncha: 
 
Cho`kindi tog` jinslari yer qobig`ining ustki qismida okean, dengiz, ko`l, daryo, 
botqoqlik tublarida va quruqlikda turli mineral moddalarning to`planishi natijasida 
(ekzogen sharoitda) hosil bo`ladilar. Cho`kindi jinslarning tarkibi, avval hosil bo`lgan 
mineral va magmatik, metamorfik va Cho`kindi tog` jinslarini yemirilishidan hosil 
bo`lgan mineral moddalar, ya`ni jinslarning bo`laklaridan, organik moddalarning 
qoldiqlaridan va ximik usul bilan hosil bo`lgan cho`kindilardan iboratdir. Cho`kindi 
jinslarning rangi qordek oppoqdan to qoragacha bo`ladi. Jinsning rangi: har xil jinsni 
tashkil qiluvchi minerallarning jinslardagi siyrak aralashmalari va donalarini o`rab 
olgan yupqa pardachaning rangiga bog`liqdir. 
Cho`kindi jinslarning eng muhim makrostrukturalari organogen, oolit, 
kristallangan, dala shpat bo`lakli, donador, yashirin donador va amorf xolatlibo`ladi.
 
Cho`kindi jinslarning eng muhim makroteksturalari qat-qatlangan, slantslangan, 
jim-jimalangan yaxlit (massiv), oqiqsimon, tuproqsimon bo`ladi.
 
Cho`kindi jinslarning asosiy xususiyatlari: 
1)
 
Organik qazilma qoldiqlarini, ya`ni umurtqassiz hayvonlarning chig`anoq va 
kosalarining, umurtqali hayvonlarning suyak va tishlari, o`simlik 
qoldiqlarining uchrashi. 
2)
 
Qatlamlarning ustki qisimda mexanik va biogen yo`l bilan hosil bo`lgan turli 
belgilar, suvning jimjimasining qurish yoriqlari, tuz kristallarining tamg`asi, 
yomg`ir tomchisining o`rni, qurt-qumursqalarning izlari va boshqalarning 
bo`limi; 
3)
 
Cho`kindi jinslarga xos bo`lgan fizik xususiyatlar, ya`ni tuzlarning mazasi 
borligi, butumining hidi borligi, karbonatlarni xlorit kislotasi bilan reaktsiya 
berishi, tuzlarni suvda erishi, gil va trepellardagi adsorbtsiya (yutish), 
kaustobiolitlarni esa yonish qobiliyatlariga ega ekanliklari kiradi.
 
Cho`kindi tog` jinslari hosil bo`lishlariga qarab bo`lak, xemogen va organogen 
klasslariga bo`linadilar. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin