Kinovar – HgS (nomi Hindistondan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi, ularda
qizil smola, kinovar «ajdarho qoni» deyiladi). Simob sulfidi ikki modifikaciyada –
kinovar va metacinabarit. Tarkibida Hg – 86,2%, S – 13,8%. Singoniyasi – trigonal,
uning qalin tabletkasimon va romboedr kristallari uchraydi, ba`zan noto`g`ri shaklli,
xol-xolli donalar holida, ba`zan kukinsimon gardlar, yupqa po`stloq tariqalarida
bo`ladi. Rangi qizil, ba`zan qo`rg`oshindek kulrang bo`lib tovlanadi. U kuchli yarim
metall kabi yaltiraydi. Uning qattiqligi – 2-2,5 mo`rt mineral. Ulanish tekisligi ba`zi
yo`nalishi bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 8, u elektrni yomon o`tkazadi.
Kinovar va metasenobarit–past haroratli gidrotermal (teletermal) jarayonda yuzaga
keladi. Ba`zan vulkan jinslari natijasida ham ro`yobga keladi. Kinovar hosil qiluvchi
teletermallardagi tog` jinslari kvarslashadi (jesperoidlar yuzaga keladi), sericitlashadi,
kaolinlashadi va seolitlashadi.
Kinovar konlarida quyidagi yetakchi ma`dan minerallari – kinovar,
metasenabarit, antimonit, realgar, auripigment, aynama ma`dan (bleklaya ruda) hamda
kvarts mayda donalardan xalsedongacha, ba`zan fluorit, barit va karbonatlar birga
uchraydi.
Dunyoda eng yirik konlari Almaden (Syudad-Real) Ispaniyada mavjud. Ushbu
kondan 200 yildan ortiq simob olinmoqda, ma`lumotlarga qaraganda zaxirasi yana 100
yilga yetadi. Ukrainadagi Nikitovsk, Haydarkon qirg`iziston va Respublikamizning
Turkiston tog`larining shimoliy etaklarida (Qorasuv, mix va boshqalar) topilgan.
Kinovar
simob
olinadigan
birdan-bir
manba
hisoblanadi.
Simob
oltinni
amalьgamalashda, kimyoviy tayyorlashda, fizik asboblarda va portlovchi simob
Hg(CNO) detonatorlar uchun portlovchi modda tayyorlashda ishlatiladi.