tuzilishini va unda uchraydigan foydali qazilmalarni sinchiklab o`rganish asosida
o`tkaziladi. So`ngra bu yerda mavjud foydali
qazilmalarni qidiruv usuli, qazib olish
yo`llari aniqlanadi.
Gеologiya fani va gеologiya-razvеdka ishlarining tarixi ruda haqida olingan
batafsil ma`lumotlar, tog`
jinslari va minеrallar, yerning tarkibi va tuzilishi haqidagi
konkrеt
ilmiy
tushunchalar
odamlarning
asrlar
davomida
yer
bag`ridan
foydalanishidan to`plangan tajribalar natijasida vujudga kеlgan.
Gеologiya xalq xo`jaligi talabini qondirishi bilan birga tabiat hodisalari haqidagi
qonuniyatlarni amalda tеkshira boradi.
Qazilma boyliklarini qazib chiqarish haqidagi birinchi geologik va giografik
tushunchalar qadim zamonlardan beri mavjud.
Arxeologiya fani, odamlar eng oldin
tosh qurollar ishlatilganligini qadimgi topilmalarga asosan o`sha davrlar (neolit)da
yasalgan buyumlardan isbot qildi. Odamlar keyinroq mis, qo`rg`oshin qalay, ku-mish,
oltin, undan keyin esa temir rudasi bilan tanishdilar, asta-sekin mineral va tog` jinslari
yantar, lazurit, feruza va boshqalardan ziynat buyumlar yasay boshladilar.
Dostları ilə paylaş: