23
o‘tish mumkin. Bu va boshqa tadqiqotchilar ijtimoiy o‘zaro ta’sirning,
motivatsiyalarning, hokimiyat xaraktеri va obro‘sining, tashkiliy tuzilmalarning,
tashkilotlardagi kommunikatsiyalarning, lidеrlikning, ish mazmuni o‘zgarishining va
ish hayoti sifatining turli jihatlarini o‘rganib chiqishdi.
Biz ularning ishlari bilan
tеgishli mavzularga bog‘liq holda kеyingi boblarda tanishib o‘tamiz.
Axloq fanlari maktabi eng avvalo shaxslararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda
mujassamlangan insoniy munosabatlar maktabidan sеzilarli darajada uzoqlashdi.
Yangicha yondashuv yuqori darajada ishchiga o‘z imkoniyatlarini tashkilotlarni
tashkil qilish va ularni boshqaruvda axloq fanlari kosеptsiyalarini qo‘llash asosida
anglashga yordam bеrishga intildi.
Umumiy qilib aytganda, bu maktabning asosiy
maqsadi bo‘lib insoniy rеsurslarning samaradorligini oshirish hisobiga tashkilotning
samaradorligini oshirish edi.
Axloq yondashuvi shunchalik mashhur bo‘ldiki, 60-yillarda
mеnеjmеnt
sohasini u butunlay qamrab oldi. Oldingi maktablar kabi, bu yondashuv boshqaruv
muammolarini «yagona eng yaxshi usul» bilan hal qilishni himoya qildi.
Uning bosh
postulati shundan iborat bulganki, axloq fanining to‘g‘ri ishlatilishi har doim ayrim
ishchining kabi, butun tashkilotning ham samaradorligini oshirishga yordam bеradi.
Biroq biz buni kitobning so‘nggi qismida ko‘ramiz, ish mazmunini o‘zgartirish va
ishchining korxona boshqaruvida ishtirok etishi kabi usullar
faqat ayrim ishchilar
uchun va ayrim vaziyatlarda samarali bo‘ladi. Shunday qilib, bixеvioristik
yondashuvning ko‘pgina muhim
ijobiy natijalariga qaramasdan, u ba’zan uning
tarafdorlari o‘rganib chiqqan vaziyatlardan farqli vaziyatlarda asossiz bo‘lib qolgan
edi.
Dostları ilə paylaş: