Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы



Yüklə 3,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/88
tarix25.11.2023
ölçüsü3,13 Mb.
#134597
növüУчебное пособие
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

Raster Desk LT 98/2000
. Raster Desk
versiyasi, 
AutoCAD LT98/2000 (i)
bilan birgalikda faoliyat ko‟rsatadi va uning komplektiga kiradi. 
Autodesk CAD Overlay 2000/2000i

Bu tizim skanerlangan rastrli 
tasvirlarni 
AutoCAD 2000 (i), AutoCAD Map 2000(i)
muhitida tahrirlash va 
vektorlash uchun mo‟ljallangan. Ko‟rsatilgan dasturlarni kuchli gibrid (rastrli – 
vektorli) tahrirchiga aylantiradi. Rastrli tasvirni vektorli formatga aylantirish, 
zarurat tug‟ilganda amalga oshiriladi. 
 
Autodesk CAD Overlay R14.01
.
Skanerlangan rastrli tasvirlarni Auto 
CAD
R14, AutoCAD Map R2, R3
muhitida tahrirlash va vektorlash uchun 


100 
mo‟ljallangan. AutoCAD ga avtonom ustqurilma sifatida foydalaniladi yoki 
Civil 
Survey Complete, Terrain Modeling Suite
to‟plamlariga qo‟shiladi. 
6.7. Grafikaviy ma’lumotlarni chiqarish 
LIAT ning ko‟plab dasturiy to‟plamlari ishlari natijasi, tarkibida turli xil 
grafikaviy materiallar (chizmalar, grafiklar, diagrammalar, kartalar va sh.o‟.) katta 
qismini egallaydigan konstruktorlik va texnik hujjatlar to‟plamlari hisoblanadi. 
Grafikaviy hujjatlarni qattiq, keng formatli asoslarga (qog‟oz, kalka, plenka)
chiqarish uchun plotterlardan foydalaniladi. Odatdagi printerlar faqat kichik 
o‟lchamli hujjatlarni (matnli hujjatlar, kichik chizmalar, A4 va maksimum A3 
formatlarida) chop etishga yaroqlidir. 
Tasvirni tuzish tamoyili bo‟yicha plotterlar vektorli va rastrli turlarga 
ajraladi. Vektorli plotterlarda yozuvchi elementlar (oddiy kontselyariya ruchkasini 
eslatuvchi, rapidograflar, flomasterlar) asosga (qog‟ozga) nisbatan belgilangan 
yo‟nalishda xarakatlanishadi va chiziqlarni chizishadi: to‟g‟ri, aylana va sh.o‟. 
Rastrli plotterlarda tasvir qatorlar bo‟ylab va ketma – ket (qator ketidan qator) 
shakllanadi, bunda tasvirni chiqarish yo‟nalishi doimiy va o‟zgarishsiz (odatdagi 
printerlar ham rastrli qurilmalar hisoblanadi) bo‟ladi. 
Vektorli plotterlarning past unumdorligi sababli (ularning dinamik tavsiflari 
o‟zining chegarasiga yetdi va ularni kelajakda yaxshilash imkoniyati yo‟q hisobi), 
barcha taniqli firmalar ularni chiqarishni to‟xtatishdi. Shunga qaramasdan, bu 
turdagi plotterlar yuqori aniqlikdagi ishlab chiqarishlarda (ularning aniqligi rastrli 
plotterlarnikidan yuqori) va turli xil sabablarga ko‟ra, ularsiz ishlash mumkin 
bo‟lmagan sohalarda (masalan, tikuvchilikda) talab etilishi mumkin. Shuning 
uchun ham MUTON firmasi va bir necha boshqa firmalar peroli plotterlarni 
chiqarishni davom etishmoqda. 
Yaqinda peroli plotterlar bazasida yangi qurilma yaratildi. Unda yozuvchi 
bo‟g‟in kesuvchi asbobga (katterlarga) almashtirildi. Ulardan ko‟rsatkichlarni, 
yo‟l belgilarini va sh.o‟. tayyorlashda foydalaniladi. Katterlar ishlov berish 
kengligi va foydalaniladigan pichoq turi bo‟yicha farqlanishadi. 


101 
Katterlar tavsiflari peroli plotterlar parametrlariga yaqin, lekin aniqligi va 
kesish tezligi ularga qaraganda past va foydalanilayotgan plyonka turiga bog‟liq 
bo‟ladi. 
Rastrli plotterlar orasida (elektro - statik, lazerli, termovoskli va issiqlik 
o‟tkazishdan foydalaniladigan) eng ko‟zga tashlanarlisi chop etishning sepish 
(struynoy) texnologiyasiga asoslangan qurilmadir. Bunday plotterlar printerlarga, 
qator hususiyatlari bo‟yicha esa poligrafiya uskunalariga yaqinlashadi, bu esa 
ulardan nafaqat LIATda, balki reklama ishida hamda kartografiya maxsulotlarini 
ishlab chiqarishda foydalanish imkonini beradi. Ularda bugungi kundagi eng 
yaxshi baho (ish unumdorligi) sifat nisbatlari ko‟rsatkichlari bo‟lib, bu farq kundan 
kunga ortib bormoqda. Sepuvchi plotterlar LIAT uchun yangi imkoniyatlar 
yaratadi, o‟ta murakkab, rangli elementlarga boy chizmalarni, kartalarni va 
planlarni chiqarishda esa perolik plotterlardan ancha oldinga o‟tib ketishdi. 
Bu qurilmalarning chop etish tizimlari siyoh bilan to‟ldirilgan katrijlardan
(monoxrom modellardagi 1 katrij, 4 dan 6 gacha rangli) va sepuvchi qurilmadan 
iborat bo‟ladi. Sepuvchi qurilma juda mayda teshikchalardan iborat matritsa bo‟lib, 
u orqali siyoh tomchilari qag‟ozga «otiladi». Sepib chob etishning ikki asosiy turi 
mavjud: issitib chop etish (termopechat) va pezoelektrik chop etish. Issitib chop 
etishda turli bir sepuvchi teshikchada issitish elementidan foydalaniladi, ular 
siyohni qizitib, ularni tashqariga itaradigan par pufakchalari hosil qilishadi. 
Pezoelektrik chop etishda pezokristaldan foydalaniladi, u elektr toki ta‟sirida o‟z 
shaklini o‟zgartiradi va siyohni qog‟ozga sepadi. Birinchi usulning kamchiligi – 
siyohning asosiy tomchisi bilan, uning juda mayda yo‟ldoshlari paydo bo‟lishidir, 
ular yuqori aniqlik olishga (maksimum 720 dpi) imkon berishmaydi. Ikkinchi 
usuldan foydalanilganda chop etuvchi qurilma aniq shakllantirilgan sovuq 
tomchilardan iborat siyohni «otadi», bu yuqori sifatli tasvir (1440dpi gacha) olish 
imkonini beradi. Ko‟rsatilgan texnologiyalardan oxirgisi ancha qimmat hisoblanadi 
va tasvirning ko‟plab juda mayda elementlarini ko‟rsatish talab etilganda 
foydalaniladi. Undan tashqari, yuqori aniqlikda chop etish (300 dpi dan katta) 
hozircha juda sekin (fotoreal tasvirni sepuvchi EPSON Stuluscolor 3000 A2


102 
formatli, imkoniyati 1440 dpi bo‟lgan plotterda chop etish tahminan 50 minut vaqt 
talab etadi). LIAT chizmalarini chop etishga chiqarishda imkoniyatni 300 dpi dan 
yuqoriga ko‟tarish chop etish sifatining sezilarli yaxshilanishiga olib kelmaydi. 
Reklama ishida plakatlarni, ko‟rsatkichlarni va sh.o‟. tayyorlashda ham 
imkoniyatni oshirish sezilarli natijalarga olib kelmaydi (sababi, ular asosan 1 
metrdan kam bo‟lmagan masofadan qaraladi). Shuning uchun sepuvchi, keng 
formatli, rangli chop etish uchun bugungi kunda optimal usul deb, isitib chop 
etishni (imkoniyati 300 dpi) hisoblash mumkin. 
Biroq esda tutish kerakki, yetarli darajadagi sifatda chop etish uchun 
plotterda bo‟lingan katrijli sepuvchi tizim bo‟lishi kerak – faqat shunday plotterlar 
to‟la rangli tasvirni berishga qodir bo‟ladi (masalan, ENCAD Novajet, CROMA, 
OCE Graphics seriyasidagi plotterlar). Aralash sepish tizimiga ega plotterlar 
(ENCAD Cadjet2 kabilar) chizma hujjatlarni chiqarishga mo‟ljallangan va ancha 
arzondir. 
Chop etishning tezligi va tannarxiga bir martalik katrijlar o‟rniga siyohni 
to‟xtovsiz yetkazib berish tizimidan foydalanish katta ta‟sir ko‟rsatadi. Ular katta 
hajmdagi rezervuarlardan foydalaniladi (odatda, turli bir rang uchun 500 ml 
hajmdagi), ulardan bo‟yoqlar ingichka egiluvchan naycha-o‟tkazgichlarda sepish 
qurilmasiga uzatiladi. Tizim tashqaridan o‟rnatiladi yoki o‟ziga o‟rnatilgan bo‟ladi 
(ENCAD Novajet Pro plotterlarida). Uning qulayligi shundan iboratki, agar chop 
etish vaqtida to‟rtta rangdan birining siyohi tugab qolsa, chop etishni to‟xtatmas-
dan rezervuarga Yangi siyoh quyish va brakka yo‟l qo‟ymaslik mumkin. Bundan 
tashqari siyohga qilinadigan xarajatlar tahminan 2-3 baravarga kamayadi (siyoh-
ning nisbatan past bahosi va undan yuqori tejamkorlikda foydalanish hisobiga). 
Sepish texnologiyalarida ishlatiladigan siyoh ikki sinfga bo‟linadi: standart 
va ultrafeoletdan hamda namlikdan himoyalangan. Birinchisi atrof-muhit ta‟siriga 
chidamsiz va uni albatta laminirovkalash (o‟rab muhofazalash) kerak. Ularning 
ustunligi – pastroq bahosi, bo‟yoqlarning ochiqligi va sifatliligi. Ikkinchi sinf 
siyohlari tarkibida eritilgan suyuq bo‟yovchilar o‟rniga suyuq muhitda mayda 
zarrachalar aralashmasi sifatidagi qattiq bo‟yovchilar foydalanilganligi bilan ajralib 


103 
turishadi. Pigment zarrachalari oddiy bo‟yovchilarga nisbatan sekin rang berishadi, 
bundan tashqari ular suv ta‟siriga, unda erimaganliklari uchun, yetarlik darajada 
turg‟un hisoblanishadi. 
Zamonaviy plotterlarning ko‟pchiligi qog‟ozlarni rulon (o‟ram) qilib uzatish 
qurilmalariga ega. Busiz cho‟zilgan tasvirlarni chop etishning iloji yo‟q, u 
ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish va qurilma unimdorligini oshirish imkonini 
ham beradi. Qog‟oz varaqlarini yuklashga vaqt sarflanmaydi, bu ayniqsa 
qog‟ozlarni barabanli uzatish qurilmasiga ega plotterlarda ancha og‟ir (masalan,
Hewlett Packard kompaniyasining barcha plotterlarida). Avtomatlashtirilgan 
pichoq zarur joylarda kesishni bajaradi. 
Sepuvchi plotterning boshqa parametrlari (xotira hajmi, turli xil buyruq 
tizimlarining borligi, ma‟lumotlar formatlarini avtomatik taqsimlash va sh.o‟.) 
faqat LIAT to‟plamlaridagi chizmalarni chop etishda ahamiyatga ega. To‟la rangli 
rastrli tasvirlarni chop etishga chiqarishda ularning ahamiyati rastrlovchilar (RIP) 
bilan ishlash zarurati tufayli pasayadi. Ushbu farqlarni tushunish uchun faylni chop 
etishga chiqarishning asosiy usullarini ko‟rib chiqamiz. 

Yüklə 3,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin