Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish fakulteti 401- guruh talabasi
Norboyev Anvarning “Personalni boshqarish” fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu:
Personalni boshqarish va ishlab chiqarishning o‘zaro aloqadorligi
Samarqand-2023
Reja:
1.1.
Personalni boshqarish maqsadlari
1.2.
Personalni boshqarish yoki personal menejmenti
1.3.
Personalni boshqarish va ishlab chiqarish vazifalarining o’zaro aloqadorligi
1.4.
Boshqaruv rivojlanishining bosqichlari
1.1.
Personalni boshqarish maqsadlari
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga oo'tishi xodimlarni
boshqarish tizimida bir qator vazifalarni amalga oshirilishini
taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va
tashkilotlarning o’z mavqelarini saqlab qolishi,ularning
raqobatbardoshligini ta’minlash va ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish maqsadida xodimlarni boshqarish
sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar ilmiy va
amaliy usullarni to’gri tanlashni talab etadi. Avvallari
korxona va tashkilotlardagi kadrlarni boshqarish bo’yicha
asosiy tarkibiy bo’linma kadrlar bo’limi bo’lib, unga
kadrlarni ishga qabul qilish va bo’shatish, shuningdek,
o’qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi
vazifalar yuklanar edi. Shu sababli ham kadrlar bo’limi
xodimlarni boshqarish va ularga yetarli ish sharoitlari yaratib
berishni ta’minlash sohasidagi bir qator vazifalarni
bajarmasdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz
otib borayotgan hozirgi davrda xodimlarni boshqarish
sohasida. «Kadrlar tayyolash milliy dasturi»ga muvofiq bir
qator talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng muhimlari:
ijtimoiy psixologik diagnostika; guruhlarga o’zaro shaxsiy
hamda rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga
solish; ishlab chiqarish hamda ijtimoiy ixtiloflarni hamda
stresslarni bartaraf etish; kadrlarni boshqarish tizimini
axborot bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshqarish;
yuqori lavozimlarga nomzodlarni tanlash va baholash;
kadrlar patensialini va xodimlarga bo’lgan ehtiyojlarni tahlil
qilish; kadrlar boshqaruvi; xizmat martabasini rejalashtirish
va nazorat qilish;xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik
moslashuvi; mehnat jarayonidagi motivlar va sabablarni
boshqarish; mehnatning huquqiy munosabatlarini tartibga
solish masalalari; mehnat psixofiziologiyasi, ergonomikasi
va mehnat estetikasini amalga oshirilishini kuzatish va
shunga muvofiq choralar ko’rishdan iboratdir. Shunga ko’ra
kadrlar bo’limining ham bajradiga vazifalar doirasi
kengayib, ayni paytda kadrlar bo’limi tarkibiy jihatdan
mehnatni tashkil etish va ish haqi bo’limlari, mehnatni
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi bo’limlari va shu kabi
bo’limlar bilan birgalikda xodimlarni boshqarish sohasidagi
vazifalarni amalga oshirishdan iborat bo’ladi.Yangi
xizmatlarning vazifasi korxon va tashkilotlardagi kadrlar
siyosatini amalga oshirishdan, mehnat patinsialini
boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishda iborat.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida ikkinchi darajali
deb qaralgan bu vazifalarga bozor munosabatlari sharoitida
alohida e’tibor qaratib, ularning bajarilishidan har bir
korxona manfaatdordir.
Boshqaruv tarixiga nazar tashlansa, inson faoliyatining bu
sohasiga oid g’oyatda muhim muayyan tamoyillari bundan
yuzlab, hatto minglab yillar ilgari mavjud bo’lganligini
kuzatish mumkin. Jumladan, Qadimiy Misrda ehromlarning
bunyod etilishi bugungi kunda “personalni boshqarish”
nomini olgan ushbu faoliyat turini rejalashtirilishiga misol
bo’la oladi. Shuni ta’kidlash joizki, ehromlar har biri qariyb
2,5 tonna og’irlikka ega og’ir toshlardan qad rostlagan. Bu
toshlar ehromlar barpo etilayotgan joydan ancha olisda
tayyorlangan. Shuning uchun ularni tayyorlash, olib kelish
va o’rnatish puxta rejalashtirishni talab etgan. Ayniqsa,
ehromlarni barpo qilayotgan, asosan qullardan iborat 100
ming kishilik mehnat armiyasini yigirma, o’ttiz yil davomida
boshqarib turish oson bo’lmagan. Mehnatni tashkil etishning
yuqori samarali usullari qadimgi Rim va SHarqda ham
mavjud edi. O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot
yo’liga o’tib, nafaq iqtisodiy, balki madaniy va ma’naviy
yuksalish jarayoniga dadil kirib bormokda. Ayniqsa, buyuk
Amir Temurning davlatni boshqarish, bunyodkorlik, harbiy
va boshqa sohalardagi tashkilotchilik usullari juda katta
ahamiyatga egadir. Amir Temurning daho darajasidagi
sarkarda bo’lganini butun dunyo tan oladi, Sohibqiron Amir
Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora
etish tartibi o’z davrida boshqaruv namunasi deb
hisoblanadi. Buyuk Amir Temur hokimi mutlaq bo’lgan,
ijroiya hokimiyatni devonbegi - bosh vazir boshliq 7
vazirlikdan iborat arkoni davlat - Vazirlik Mahkamasi
boshqargan. Vazirlardan biri - mamlakat va raiyat vaziri
viloyat va tumanlardan to’planadigan hosil, soliq-o’lponlar
va obodonchilik masalalari bilan shug’ullan-gan. Ikkinchisi -
vaziri sipoh, deb atalib harbiy ishlar 18 vaziri hisoblangan.
Saltanatda tijorat (savdo), moliya ishlari vazirlari bo’lgan.
Qolgan uchta vazir esa chegara viloyatlari va tobe
mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilgan. Bu uch vazir
saltanatning “xolisa”, deb yuritilgan bosh nazorat hay’atini
ham tashkil etgan.
Dostları ilə paylaş: |