Axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingida kompyuter texnologiyalarini qo’llash – davr talabi. Marketing
ma’lumotlarini
doimo
kuzatish va saqlash tizimida axborotlarni yig’ish boshqa marketing operatsiyalari
orasida katta o’rinni egallaydi, chunki u axborotlarning xususiyatlari bo’yicha turli-
tuman manbalar bilan bog’liqdir.
Marketing korxonaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish
tamoyili sifatida tashkil qilinadi. SHuning uchun iste’molchilarning talablarini
qanoatlantirish va eng katta foyda olish maqsadlarida bozor ehtiyojlarini har
taraflama o’rnatish nuqtai nazaridan muhitning quyidagi qismlari haqidagi bilimlarga
suyanadi:
- tovar va xizmatlar bozori;
- tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish;
- ishlab chiqarish va sotish bozori bilan bog’liq tashqi makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar.
Marketing
boshqarish
tizimidagi
axborotlarni
shakllantirish
va
foydalanishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
1. Axborotlarning muhimligi marketing muhitining holatini, vaqtning har bir
lahzasida aks ettirilishini bildiradi.
2. Ma’lumotlarning ishonchliligi, ishlab chiqarish, bozor va tashqi muhitni
ob’ektiv holati va rivojlanishini aniq katta tiklanishiga asoslangan.
3. Ma’lumotlarning relevantligi axborotlarni shakllantirgan talablarga to’liq
mosligini va keraksiz ma’lumotlar bilan ishlashdan qutilishga imkon beradi.
4. Tavsiflarning to’liqligi marketing muhitining holati va rivojlanishiga
ta’sirini shakllantiruvchi va ko’rsatuvchi barcha omillarning ob’ektiv hisobi uchun
muhimdir.
5. Ma’lumotlarning maqsadga muvofiqligi ularni ichki va tashqi bozorlarda
mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish sohasidagi aniq maqsadlar va vazifalarga
qaratadi.
6. Muvofiqlashtirilganlik va axborot birligi xulosalarda ziddiyatlar, birlamchi
va ishlab chiqilgan ma’lumotlarda moslashtirilganlik imkoniyatini yo’qotuvchi
ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqishni talab qiladi.