Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
18
ADABIYOTLAR TAHLILI
O’zbek davlatchiligi shakllanishi, uning taraqqiyot bosqichlari to’g’risida bir
qancha tarixchi olimlar, arxeologlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, taniqli
tarixchilardan biri Anatoliy Sagdullayevning fikriga ko’ra, O'rta
Osiyo xalqlari
ajdodlarining davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Asrlar davomida ular
chet el bosqinchilari (ahamoniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib borishdi.
Turli mahalliy sulolalar davrida o’lkamizda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlar
o’zgarib turdi. «Avesto»da oila va jamoa, iqtisodiy va boshqaruv tizimiga oid, ya’ni
kohin - «zaotara», jangchi - «ratayshtar», hunarmand - «xuti», ziroatchi -
«vastryoshan» hamda uy egasi - «nmanopati», urug’ jamoasi boshlig’i - «vispati»,
zodagon - «azata», mulk - «gayta», uy-qo’rg’on - «maytana» kabi ijtimoiy qatlamlar
va mulk egalarini belgilab beruvchi maxsus tushunchalar mavjud.
Ulardan ilk
davlatchilik tizimiga o’tish va dastlabki davlatlarning rivojlanishi tarixini o’rganishda
foydalanish mumkin
2
.
Taniqli o’zbek arxeolog olimlaridan biri tarix fanlari doktori,
professor
Shopo’lat Shaydullayev ham o’z tadqiqotlarida o’zbek davlatchiligi,
undagi
boshqaruv tizimining shakllanishi, ushbu jarayonlarga ta’sir ko’rsatgan
omillar
to’g’risida batafsil ilmiy mulohazalar keltirgan. Shopo’lat Shaydullayevning
“O‘zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo‘lishi
va rivojlanish bosqichlari
(Baqtriya misolida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida O‘rta Osiyoda
jamoalarning paydo bo‘lishi va ularning
rivojlanish bosqichlari, ilk sinfiy jamiyat
belgilarining moddiy madaniyat yodgorliklarida aks etishi, O‘zbekiston hududida ilk
davlatlarning paydo bo‘lish jarayonidagi shart - sharoitlar va omillar, ilk davlatchilik
belgilarining arxeologiya manbalarida namoyon bo‘lishi
kabi masalalar borasida
izchil fikrlar keltirilgan
3
.
Dostları ilə paylaş: