Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/55
tarix26.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#135191
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Agrobiotexnologiya lab yangi

7- LABORATORIYA MASHG

ULOTI
MIKROORGANIZMLARNING TURLARINI ANIQLASH USULLARI 
Topshiriq va mashg‘ulot о‘tish tartibi: 
Mikroorganizmlardan sof kulturalar 
ajratish usullari bilan tanishish: a) qattiq oziqa muhitidan; b) elektiv oziqa muhitidan, v) 
kasallangan о‘simlik organlaridan (barg, poya, ildiz, meva) sof kulturalar ajratish. 


Mikroorganizmlarning sof kulturalarini qiyshiq agarda о‘sishi va Gramm usulida 
bо‘yalishini tekshirish (
Xanthomonas malvacearum
)
Kerakli jihozlar: 
Giss oziqa muhiti solingan nabor shtativlar bilan, gо‘sht pepton 
bulyoni (GPB), oddiy sut lakmus bilan, oziqa muhiti solingan (kartoshkali, glyukoza-
pektinli oziqa, gо‘sht-pepton agarli) Petri likopchalari. Agar solib qiyshiq qotirilgan
probirkalar, bakteriologik sirtmoq, Paster naychalari, shpatel, turli kislotalarga 
shimdirilgan filtr qog‘oz bо‘lakchalari. qizil lakmus qog‘ozlari (ammiak uchun). 
Mikroskop, bо‘yoqlar, 
Pseudomonas fluorescens, Xanthomonas malvacearum

bakteriyalarining sof kulturalari. Tuproq, о‘simlikni zararlangan organlari. 
Mikroblarning sof kulturasi olish uchun bir nechta usullar mavjud bо‘lib, kо‘p 
qо‘llaniladigani bu qattiq oziqa muhitidan ajratishdir. 
 
Bakteriyalarning turi morfologik, fiziologik va kultural (о‘sish) xossalariga 
qarab aniqlanadi.
Morfologik belgilari
- bakteriyalarning shakli (kokklar, Tayoqchalar va 
boshqalar), ularning katta-kichikligi, spora hosil qilishi, harakatchanligi, Gramm usulida 
bо‘yalishi kiradi. 
Kultural belgilari
–mikroblarning har xil oziqa muhitlarida о‘sish xususiyatlari 
demakdir. Gо‘sht pepton bulyonida mikroorganizmlarni о‘sish xususiyatlari – parda 
hosil qilishi (silliq, burushgan), loyqa hosil qilishi, chо‘kma hosil qilishi kuzatiladi. 
Gо‘sht pepton agarida koloniyalarning rangi, hajmi, ustki qismi, konsistensiyasi 
kuzatiladi. Ularning hajmi ularning diametri orqali aniqlaniladi. Yirik diametri – 4mm; 
о‘rtacha-2-4 mm; mayda- 1-2 mm bо‘ladi. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin