104
105
ikki yigit ma’shuqa nazariga tushish uchun favqulodda vazi
yat tug‘ilishini orzu qiladi. Martin va Ruf, Saidiy va Munisxon
ning muloqot qilib turishlariga vosita bo‘ladigan badiiy detal
– kitoblar, mutolaa edi. Kitob vosita bo‘lgani har ikki asarda
bir-biriga o‘xshash epizod orqali muayyanlashtiriladi. Har ikki
romandagi velosiped detali, velosipedda shahardan tashqa
riga sayrga chiqish epizodi, Martin va Saidiyning matbuotda
chiqadigan asarlarini ustunlar bilan o‘lchashi, yozuvchilikdan
maqsad – boylik orttirish orqali ma’shuqa vasliga erishish
ekani, jamiki orzu-a’mollaridan judo bo‘lgan oshiqlarning bir
payt qo‘l yetmas yuksaklikda deb tasavvur qilingan, pirovardi
da esa bosh egib kelgan mahbubani rad etishlari kabi motivlar
ham mushtarak.
Ammo bu mushtarakliklar Abdulla Qahhor romanining ori-
ginal asar ekanini rad etishga asos bo‘lolmaydi. Chunki o‘x-
shash syujetlar boshqa yozuvchilar ijodida ham uchrab turadi
1
.
Har ikki romanda davr psixologiyasiga moslasha olmagan
qahramonlarning tragik qismati qalamga olingan. Qiyosla
nayotgan ikki romanda bir-biridan keskin farq qiladigan ikki
xil milliy psixologiya tasvirlangan. Milliy psixologiya ko‘proq
oilaviy-maishiy masalalarda namoyon etilgan.
Jek London qahramon ruhiy dunyosini batafsil, tadri
jiy o‘sishda ko‘rsatadi va badiiy psixologizmning monolog,
gallyutsinatsiya va psixologik parallelizm shakllaridan keng
foydalanadi. Abdulla Qahhor esa o‘z qahramonlarining ru
hiy-psixologik holatlarini ko‘proq ularning xatti-harakati, qi
liqlari orqali ko‘rsatadi. Fikrlar, hislarning uzluksiz oqimini,
dialektikasini ko‘rsatish (analitik prinsip) «Sarob»da ko‘p uch
ramaydi.
1
Норматов У. Адабий ўхшашликлар хусусида // Норматов У. Етуклик. – Тошкент:
Адабиёт ва санъат, 1982. – Б.120 – 133.
Dostları ilə paylaş: