Adabiyotshunoslik



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/70
tarix26.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135699
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
qiyosiy adabiyotshunoslik

D.Dyurishin
(1928–1997)
– qiyosiy adabiyotshunoslik 
nazariyasi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan slovak oli
­
mi, adabiyotni tipologik jihatdan o‘rganish yo‘nalishining 
jahondagi eng yirik mutaxassisidir. Olimning «Slovak realis-
tik hikoyachisi va N.V.Gogol»(1966), «Adabiy komparavisti
­
ka muammolari» (1967), «Adabiy komparavistika tarixi va 
nazariyasidan»(1970), «Adabiyotni qiyosiy o‘rganish»(1972), 
«Adabiy komparativistik nazariya»(1975), «Slovak adabiy 
komparavistikasi tarixi»(1979), «Slovak adabiy komparavisti
­
kasi bibliografiyasi»(1980) kabi bir necha kitoblari jahonning 
ko‘plab tillariga tarjima qilingan. D.Dyurishinning «Adabiyot
­
ni qiyosiy o‘rganish nazariyasi» asarida jahon adabiyotshunos
­
ligida qiyosiy tahlil metodining paydo bo‘lishi, shakllanishi 
yoritilgan. U tipologik tahlil adabiyotshunoslik uchun mu
­
him masalalaridan biri ekanini ko‘rsatadi va uning vazifa sini 
adabiy ta’sirning tipologik va genetik (adabiy asarlar, yozuv-
chilarning ijodiy merosi, adabiy maktablar, janrlar, uslub lar 
shakllanishi va boshqalar) mohiyatini aniqlash, ularning ichki 
qonuniyatlarini ochishdan iborat deb belgilaydi. 
A.Dima (XXasr)
– rumin adabiyotshunosi, akademik, qi-
yo siy adabiyotshunoslik xalqaro assotsiatsiyasining a’zosi. 
Uning mashhur «Qiyosiy adabiyotshunoslik tamoyillari» mo-
nog rafiyasi da jahon komparativistikasining tadrijiy taraqqiyoti, 
rumin qiyosiy adabiyotshunosligi, xalqaro adabiy aloqalar ning 
turlari va shakllari, komparativistikaning nazariy va ama-
liy ahamiyati kabi bir qator masalalar yoritilgan. Olim xalqaro 
adabiy aloqalarning turlari haqida yozar ekan, genetik jihat
­
dan yaqin bo‘lmagan, ijtimoiy va tarixiy jihatdan uzoq xalqlar 
adabiyotida ham tipologik o‘xshashliklar bo‘lishi mumkinligini 
isbotlaydi
1
. A.Dima yaratgan nazariya turli xalqlar adabiyotida 
o‘xshash va farqli tomonlarni tahlil qilish orqali, ular orasida
­
gi umumiy qonuniyatlarni aniqlash imkonini beradi (Masalan, 
Mark Tven va G‘afur G‘ulom asarlari komparativistikasi)

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin