kashovarz » – ya`ni, erni xaydovchi, erni omoch bilan ag’daruvchi, «
qo`shchi » deb yuritiladi.
Dehqonchilik maxsulotlarining deyarli asosiy qismi mana shu qo`shchi — kashovarzlarning
mashaqqatli mehnati bilan etishtirilar edi.
CHokar — O`rta Osiyoda ilk feodalizm davrida feodallarga qarashli bo`lgan qurollangan
yigitlar guruhi.
Ixshid — Sug’d hokimlarining nasabi, unvoni. Tarixiy ma`lumotlarga Sug’d arab
halifaligi tomonidan istilo qilingunga qadar bu erda 13 ixshid hukmronlik qilib turgan.
Bo`dun — chorvador aholi, qora bo`dun — qora xalq.
Ilk O`rta asrlarda O`rta Osiyoda feodal munosabatlarining o`rnatilishi bilan ilk o`rta asr
shaharlari vujudga kela boshladi. Bu davrda ayrim markaziy shaharlarining tashqi devorlariga
tutashgan joylarda hunarmandchilik mavzelari paydo bo`ladi. Atrofi devor bilan o`ralmagan bu
istehkomsiz mavzelar manbalarda «
rabot » nomi bilan eslatiladi. Keyinchalik rabotlar ham devor
bilan o`rab olinadi. Rabotlarda hunarmandchilik mahallarlaridan tashqari savdogarlar, o`zga
yurtlardan kelgan musofirlar uchun karvonsaroy, bozor, ibodatxona va daxmalar qad ko`taradi.
SHunday qilib, shaharlar yonboshida rabodlarning qad ko`tarishi bilan ilk o`rta asrlarda
ular uch qismli bo`lib qoladi. Uning podshox qasri joylashgan qismi «
ark », ichki shahar,
«
shaxriston » deb yuritiladi. SHaharning uchala qismi ham alohida — alohida devorlar bilan
o`rab olinadi. Ularning bir nechta darvozalari bo`lgan. Manbalarda ta`rif etilishicha, VIII asrda
Buxoro besh qismidan iborat bo`lib, u besh qator devorlar xalqasi bilan o`ralgan edi. SHahar
devorlari bo`ylab oqib o`tgan anxor xandaq vazifasini bajargan.
Ilk o`rta asrlarda shahar va qishloq aholisi «
naf » deyilgan. Ijtimoiy jixatdan u bir nechta
tabaqaga bo`lingan. Mulkdorlar