resurslar to‘la
bandlik sharoitida samarali va ratsional ishlatiladi.
resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarishni, ya’ni yalpi
taklifni iqtisodiyotning eng asosiy muammosi qilib qo‘yadi. Shuning
uchun klassik model (“supply-side”) iqtisodiyotni
yalpi taklif
tomonidan
o‘rganadi.
resurslar cheklanganligi muammosi sekin-asta hal bo‘ladi
(miqdor o‘sishi va sifat yaxshilanishi oqibatida). Ishlab chiqarish
imkoniyatlarini kengaytirish va texnologik jarayon uzoq davom etadigan
jarayondir. Barcha narxlar iqtisodiyotda talab va taklif nisbati
o‘zgarishiga javoban tez o‘zgarmaydi. Shuning uchun klassik model
uzoq
44
muddatni tasvirlovchi model hisoblanadi
.
Narxlarning absolyut
egiluvchanligi va bozorlarning o‘zaro muvozanati faqatgina uzoq
muddatda kuzatiladi.
Endi klassik modelda bozorlarning o‘zaro ta’sirini ko‘rib chiqaylik.
Klassik modelda yuqorida aytib o‘tganimizdek, real bozorlar uchta:
mehnat bozori, kapital bozori va tovar bozori
.
6.1-rasm. Klassik modeldagi real bozorlar
10
bunda,
W – ish haqi stavkasi; I – investitsiyalar;
R – foiz stavkasi; S – jamg‘armalar;
L
S
– mehnat taklifi;
R – narxlar darajasi;
L
D
– mehnatga bo‘lgan talab;
AD
- yalpi talab;
L
F
– to‘liq bandlik;
AS – yalpi taklif.
Y – milliy ishlab chiqarish hajmi;
Y
*
- potensial ishlab chiqarish darajasidagi ishlab chiqarish hajmi.
Klassik model xulosalaridan shuni aytish mumkinki, uzoq davom
etuvchi krizislar iqtisodiyotda bo‘lishi mumkin emas, balki bu faqat
vaqtinchalik
nomutanosiblik
(disproporsiya)lardir.
Bunday
nomutanosibliklar bozor mexanizmi bo‘lmish narx mexanizmi o‘zgarishi
orqali asta-sekin o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
10
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018
|