alohidalashgan suv havzalarida yashovchi chuchuk suv hayvonlari- ning ayrim turlari ham tor areallar hosil qiladi. Ko‘pgina to‘tiqush turlari ham tor areallarga ega bo‘ladi (yapaloq to‘tiqush Yangi Ze- landiyaning tog‘liq qismidagi buk o ‘rmonlarida yashaydi). Ucha ol- maydigan hasharotlar, g ‘orlarda yashaydigan o ‘troq hayvon turlari ham tor areallami hosil qiladi. Barcha tor areallar endemiklar uchun xosdir. May da orolchalar, tog‘ tizmalari va alohida ко‘liar bilan chegaralangan areallar ko‘pincha neoendemik turlarga tegishlidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, kosmopolit turlar (kashalotlar, deffinlar, sinantrop hasharot turlari) keng areallar hosil qiladi. Odatda, qadimiy (filogenetik jihatdan qari) turlaming areallari yosh turlarga qaraganda katta bo‘ladi va bu holat qadimiy turlar o ‘z areallarini kengaytirishi uchun yetarli darajada vaqtga ega bo‘lganligi bilan tushuntiriladi. Tah lillar ko‘pincha turlaming yoshi ulaming areallari bilan to‘g ‘ridan- to‘g ‘ri bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur qonuniyat fanda V illis nazariyasi yoki “vaqt va makon” qoidasi nomi bilan yuritiladi. Mazkur qoidadan mustasno hollar ham uchrab turadi, jumladan, nisbatan qari tur lar ham ba’zan kichik areallar hosil qilishi mumkin (gatteriya va boshq.). 68
Areallaming shakli juda xilma-xil bo‘lib, areal shaklini aniq- laydigan omillar uning ko‘lamini ham aniqlaydi. Shimoliy yarim shaming m o‘tadil mintaqasida joylashgan oblastlardagi ko‘pchilik turlaming areallari g ‘arbdan sharqqa tomon uzoq, shimoldan janubga tomon esa juda kam masofada cho‘zilgan bo‘ladi. Bunday xususiyat iqlimiy sharoitlaming taqsimlanish xususiyati bilan bog‘liq bo‘lib,