to‘liq dominant sanaladi. Ongli ravishda hayvonlami iqlimlashti rishga tegishli tajribalar dunyo bo‘yicha 160 turdan ortiq yovvoyi sut- emizuvchi hayvonlar ustida o ‘tkazilganligi to‘g ‘risida ma’lumotlar uchraydi. Ayniqsa, ondatrani iqlimlashtirish juda katta iqtisodiy sa mara bergan va uning Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududida egal lagan areali o ‘zining vatani hisoblangan AQSH va Kanadada egal lagan arealiga nisbatan ancha keng ekanligi qayd etiladi. Ko‘pgina joylarda Amerika norkalari, nutriyalari va bug‘ularini, qushlardan ayrim kaklik turlari va qirg‘ovullami iqlimlashtirish muvaffaqiyatli amalga oshgan. Iqlimlashtirish sohasida Ukrainadagi Askaniya-Nova 74
qo‘riqxonasida amalga oshirilgan tadqiqotlar diqqatga sazovordir. Mazkur qo‘riqxonada 80 turdagi sutemizuvchi 350 tur va kenja turdagi qushlar ustida tadqiqotlar o ‘tkazilgan. Baliqlardan zog‘ora, oq amur, do‘ngpeshona, leshch, ripus, ryapushka va boshqa turlami iqlimlashtirish sohasida amalga oshirilgan tadbirlar iqtisodiy jihatdan yuqori samara bermoqda. Suv havzalarining mahsuldorligini oshirish maqsadida oziqa obyektlari bo‘lib xizmat qiluvchi umurtqasiz hay vonlami (dengiz chuvalchanglari, mollyuskalar, qisqichbaqalar) iqlimlashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Inson faoliyati tufayli areali qisqarib ketgan hayvon turlarining arealini qayta tiklash maqsadida ular reakklimatizatsiya (qayta iqlim lashtirish) qilinadi. 1920-yillarda daryo suv qunduzining soni Mus- taqil davlatlar hamdo‘stligi hududida mingga yaqin bo‘lgan. Belo russiya va Voronej qo‘riqxonalaridan ulami keng tarqatish hisobiga ayni vaqtda umumiy soni bir necha o ‘n mingga yetgan va tarqalish