daryosida ham kuzatiladi. Dnepming o ‘ng qirg‘og‘ida krot, xoldor yumronqoziq, yashil kaltakesak tarqalgan bo‘lib, chap qirg‘og‘ida dasht mintaqasi shakllangan va unda yuqorida qayd etilgan turlar uchramaydi. S.I.Medvedevning (1932) fikricha, Dnepr daryosi taxminan 40 turdagi hasharotlaming g ‘arbga tomon yo‘nalishda tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Kelson (1951) ma’lumotlariga ko‘ra, Kolorado daryosi kemiruvchilaming tarqalishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy g ‘ov rolini o ‘taydi. Ba’zan daryoning ikkala tomonidagi ekologik sharoitlar o ‘xshash bo‘lsa-da, ular suvni kechib o ‘tish qobiliyatiga ega bo‘lmagan turlaming tarqalishini cheklaydi. Ko‘pchilik hollarda daryolar turlaming tarqalishida, ulaming yangi yashash muhitlarini o ‘zlashtirishida vositachilik vazifasini ham bajaradi. Daryolaming qirg‘og‘ida shakllangan yashash muhitlari xilma-xil fauna elementlarini o ‘ziga jalb etadi. 0 ‘rta Osiyoning turli landshaft- larini kesib o ‘tuvchi Amudaryo va Sirdaryo daryolari qirg‘oqlarida shakllangan to‘qayzorlar, may da va yirik ко‘liar mazkur hudud laming tabiiy ekologik sharoitlarida, hayvonot dunyosining tur tarkibi va zichligida tub o ‘zgarishlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Ayniqsa, to‘qayzorlarda hayvonot dunyosi xilma-xilligi va zichligi bilan ajralib turadi. Mazkur daryolaming cho‘l mintaqasini kesib o ‘tuvchi qismlari bir tomondan hasharotlar, sudralib yuruvchilar va boshqa ayrim to‘siqlami yengib o ‘tishi qiyin bo‘lgan turlar areali- ning uzilishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan madaniy landshaftlami bir-biriga bog‘lovchi o ‘ziga xos “ko‘prik” vazifasini ham o ‘taydi. Turli landshaftlaming daryolar yordamida o ‘zaro bog‘lanishi uning qirg‘oqlarida mikroiqlim sharoitlarining shakllanishiga sabab bo‘ladi. 76