Stol tennisining rivojlanish tarixi



Yüklə 21,01 Kb.
səhifə1/2
tarix10.12.2023
ölçüsü21,01 Kb.
#139490
  1   2
Stol tennisining rivojlanish tarixi


Stol tennisining rivojlanish tarixi.

Jismoniy tarbiya va sport mamlakatimizda davlat ahamiyatiga ega bo‘lib, uning asosiy maqsadi inson salomatligini mustahkamlash va jismoniy chiniqishdir. Hozirgi vaqtda jismoniy tarbiya va sport salomatlikni mustaxkamlashda, hayotiy faoliyat va mehnatga layokatlilikni oshirishda, har jihatdan chiniqqan shaxsni shakillantirishda muhim ahamiyatga ega. Albattda ko‘pchiligimiz raketka ushlab stol tennisini o‘ynashga urinib ko‘rib tushingandirsizki, bir qarashda oson ko‘ringan bilan bu oddiy bir o‘yin emas ekan. Stol tennisini hamma o‘ynashi mumkin u ortiqcha tashkiliy yoki texnik shart-sharoit talab qilmaydi. Uni ochiq maydonda ham, yopiq joyda ham o‘ynash mumkin. Unchalik murakkab bo‘lmagan sport anjomlariga ega bo‘lgan ushbu o‘yin ko‘pchilik havaskorlarni o‘ziga jalb qiladi. Vaholanki, hovlilarda, istiroxat bog‘larida, dam olish maskanlarida o‘ynalgan stol tennisi o‘yinlari sport ustalari tomonidan o‘ynalgan o‘yinlardan keskin farq kiladi. Stol tennisidagi eng yorqin talablarga Xitoy, Yaponiya, Koreya, Vengriya, Shvesiya, Germaniya va Angliyalik sportchilar erishganlar. Sobiq Ittifoq vakillari yuqorida qayd etilgan davlatlarga nisbatan jahon arenasnga deyarli kech chiqishiga qaramasdan Jahon va Yevropa birinchiliklarida ulkan g‘alabalarga erishganlar. O‘zbekistonlik sportchilarimiz ham Jahon va Osiyo birinchiliklarida g‘alabalarga erishib kelmoqdalar.


Sizning qo‘lingizda o‘ziga xos qo‘llanma turibdi. U katta yoshdagilarga ham, bolalarga ham, havaskor va tajribali o‘yinchilarga ham yordam beradi. Siz undan stol tennisining rivojlanish tarixi haqida, o‘yin texnikasi va taktikasi, yevropa va osiyo o‘yin usullari, stol yonida harakatlanish, uzatish usullari va ularni bajarishga oid maslahatlar olasiz. Sportning ushbu turiga jismoniy va texnik tayyorgarlik ko‘rish haqidagi bo‘lim nafaqat tezroq o‘yin ko‘nikmalarini egallashga, balki harakatlanish sifatini oshirishni takomillashtirishga yordam beruvchi qo‘shimcha maxsus mashqlar bilan to‘ldirilgan. Quyidagi rasmlar sizning o‘yinga nisbatan texnik va taktik tayyorgarligingizning ko‘plab usullarini o‘zlashtirib olishingizga yordam
beradi. Ushbu qo‘llanmaning maqsadi: stol tennisining asosiy qoidalarini tushunarli usulda yoritish va qisqa vaqtda mustaqil, to‘g‘ri o‘ynay olishga o‘rgatish va Yevropa stol tennischilarining qanday mashg‘ulotlar olib borishi, mashg‘ulotlar vaqtida nimalarga ko‘proq e’tibor berishi haqida qisqacha ma’lumotlar berish. Sizlarga musoboqalarda imkoni boricha o‘z o‘yin ko‘nikmalaringizni rivojlantirishingizni maslahat beraman. Bu sizga stol tennisning qoida va usullarini tezroq egallashga yordam beradi. Sizlarga o‘yinni boshlashda omad tilab qolamiz.
Kichkina koptokchani (sharchani) har xil moslamalar bilan to‘rdan oshirib o‘ynash qadimgi Gresiya va Rim ham bor edi. Shuning uchun ham ayrimlar «tennis» so‘zini Yunon tilidan kelib chiqqan deb o‘ylashadi. Yunoncha «tenniya» lenta, tasma ma’nosini anglatib shartrdan oshirib o‘ynalgani uchun “tennis” so‘zi kelib chiqqan deb tushuniladi. Boshqalarning fikricha o‘yinning nomi Fransuzcha «tenez» ya’ni, «mana sizga oling» degani deb tushuniladi. Bu o‘yin shu darajada keng ommalashib ketdiki hatto 1610 yilda Fransiyada murabbiylar uyushmasi paydo bo‘lib, raketka va shar ishlab chiqaruvchi sexlar barpo etilgan. 1560-1620 yillarda Fransiyada sayohat qilgan ingliz Robert Darlington shunday deb yozadi:
«Mamlakatda shar bilan o‘ynash uchun uylar shunchalik ko‘pki hatto ular machitlardan ham ko‘p. Fransuzlar raketka ushlab tug‘iladi». O‘rta asrlarda Yevgopada tennisga o‘xshash o‘yinlar keng tarqalgan edi. Uni yog‘och raketkalar po‘kak yoki qattiq rezina qoplamali raketkalar bilan o‘ynashgan. Masalan, Vengriyaga bu o‘yinni bir tijoratchi savdogar olib kelgan va u shu darajada ommalashib ketganki, 1904 yilda xalqaro musobaqalar, 1905 yilda esa jahonda ilk bor mamlakat shaxsiy birinchiligi o‘tkazilgan. Bu o‘yinning Osiyoda Yaponiya yoki Xitoyda paydo bo‘lganligi haqida ham tushunchalar mavjud. XIX asrning o‘rtalarida boshqa o‘yinlar qatori «tamburin» yoki boshqachasiga «je de pom» o‘yini ham bor bo‘lib, uni doira shaklidagi ushlagichsiz raketka bilan o‘ynashgan va u hozirgi tennisga o‘xshab ketadi. XIX asrning oxirida ingliz injeneri Djeyms Gibs selluloid to‘pni (sharik) kashf qildi.
XX asrning boshlarida bu o‘yinni «ping-pong» deb atay boshlashdi. Shunday qilib bu o‘yinni birinchi bo‘lib 1900 yil dekabrida Londonning Vestminster abbatligi
«Ruayal ekverium» zalida 300 o‘yinchi ishtirokida birinchi musoboqada bu o‘yinni Angliya rasman tan oladi. Keyinchalik Vengriya, birozdan so‘ng Germaniya va Chexoslovakiya ham tan oladi va bu o‘yin tezlik bilan ommalashib ketadi. 1926 yilda Berlinda Xalqaro stol tennisi federatsiyasi ITTF tashkil etilib, uning birinchi raisi etib taniqli ingliz adibi, faol jamoat rahbari, «Xalqlar o‘rtasida tinchlikni mustahkamlash uchun» xalkaro mukofot sohibi Ayvar Montegyu saylandi. U ITTF ni uzluksiz 40 yil mobaynida boshqardi. ITTF ning birinchi kongressi va birinchi jahon chempionati 1926 yil dekabr oyida Londonda o‘tkazilgan. Unda 12 ta davlat qatnashib shulardan, 11 ta Yevropa mamlakatlari, 1 ta Osiyodan Hindiston qatnashgan. Shaxsiy birinchiliklarda esa Daniya va Shvesiyalik tennischilar ishtirok etishdi. Musoboqalar to‘rt bo‘limdan: yakka (erkak va ayol) va juftlik (erkak va aralash) o‘tkazildi. 1928 yildan boshlab musobaqalarda ayollar juftliklari ham ishtirok eta boshladi. Hozirgi vaqtda ITTF ga 2004 yilgacha 199 ta davlat a’zo bo‘lib, ITTF yirik Xalqaro sport uyushmasi hisoblanib, milliy federatsiyalar ichida a’zolari soni bo‘yicha oldingi o‘rinlarda turadi. 1936 yildan ITTF kongressi o‘yinning nomini oldingi «ping-pong» dan «stol tennisi» ga o‘zgartirdi. Sobiq Ittifoq xalqaro tennis federatsiyasiga 1954 yilda a’zo bo‘lib kiradi. 1977 yil noyabrda Xalqaro Olimpiya Komiteti (MOK) ITTF ni sportning ushbu turiga to‘liq javobgar etib e’lon qiladi va 1981 yilgi MOK ning XI kongressida uni Olimpiada dasturlariga kiritish masalasi qo‘yiladi va Germaniyaning Baden shahrida stol tennisini 1988 yilgi XXIV Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritish masalasi hal etildi. 1988 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan vaqt ichida 4 ta, Olimpiada o‘yinlarida, 1926 yildan 2000 yilgacha jahon chempionatlari, birinchiliklari va boshqa musobaqalarda stol tennisi o‘yini eski ITTF tomonidan belgilangan o‘yin qoidalari asosida o‘tkazilgan. 2000 yil Sidneyda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlaridan keyin ko‘pchilik davlatlar tomonidan stol tennisi o‘yiniga biroz o‘zgartirishlar kiritish kerak degan takliflar ilgari surildi. ITTF tomonidan ovoz berish yo‘li bilan bu takliflar bir ovozdan ma’qullandi va o‘yinga biroz o‘zgartirishlar kiritildi. Eng katta o‘zgarish deb o‘yin anjomlaridan faqat o‘yin to‘piga eski 3.80 mm o‘lchamli sharikni 40 mm sharikka kattalashtirildi. Raketka, stol, setkaning o‘lchamlari o‘zgarishsiz qoldi. O‘yin
qoidalariga esa biroz o‘zgartirishlar kiritildi. Bu o‘zgartirishlar kiritishning asosiy sababi stol tennisi o‘yinini o‘ynashni biroz bo‘lsa ham osonlashtirish va tomoshabinbop o‘yinga aylantirish edi va ITTF ozmi ko‘pmi o‘z maqsadiga erishdi. Mana 2001 yildan buyon barcha jahon chempionatlari, birinchiliklari, Olimpiada o‘yinlari, xalqaro turnirlar va boshqa har xil musobaqalar yangi o‘yin qoidalari asosida o‘tkazilib kelinmoqda. O‘zbekistonda stol tennisi XX asr boshlarida o‘ynala boshlandi. 1935 yilda Toshkentda birinchi musobaqa o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikamiz Xalqaro Stol tennisi Federatsiyasiga ITTF ga 1993 yilning aprel oyida a’zo bo‘lib kirdi. O‘zbekiston stol tennischilari hozirgi kungacha ulkan g‘alabalarga erishib kelmokdalar.

Yüklə 21,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin