Stol tennisi o‘yini qoidalari.
Stol, to‘r (setka), kaptok (sharik) haqida ma’lumot
Ko‘pchilik mutaxasislar tennis stolining yashil rangini boshqa ranglarga nisbatan qulay deb hisoblashadi. Haqiqatdan ham yashil rang ko‘z uchun ham yaxshi, hamda yashil stol fonida oq, sariq rangli sharlar aniq ajralib ko‘rinadi. Zallarda o‘yin maydoni uchun kamida har bir stol uchun bo‘yi 14 m, eni 7 m li joy ajratilish kerak. Har bir o‘yin maydonlarini 0,75 m lik to‘q yashil qoplamali barerlar bilan o‘rab qo‘uyilishi shart. O‘yin maydoni qattiq, tekis va sirpanmaydigan qoplamali bo‘lishi lozim. Stollarni shunday joylashtirish lozimki, yorug‘lik o‘yinchining ko‘ziga ta’sir qilmasligi kerak. Stolning qimirlamay turishi muhum ahamiyatga ega. Stolning to‘g‘ri burchakli uzunligi
274 sm, eni 152,5 sm, balandligi 76,4 sm, 12 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun esa balandlik 60-70 sm bo‘lishi mumkin. Stolning yuza qismi gorizantal joylashib, ravon tekis va 30 sm balandlikdan tushgan to‘p 23 sm gacha sakrashi kerak. Stolning chetlariga 2 sm qalinlikda chiziq tortib, o‘rtasida paralel yon chiziqlar bir xil oraliq masofada 0,3 sm li o‘rta chiziq tortiladi. Hamma chiziqlar oq rangda bo‘lishi kerak.
Qulay bo‘lishi uchun stol yig‘iladigan bo‘lishi, stolning koptogi setka liniyasidan ikkita teng bo‘lingan bo‘lishi kerak. Setka paralel iplar yordamida stolning qisqa tomonlariga tarang tortilada. O‘yin jamlamasiga (komplektiga) tur, ip ushlab turuvchi tirgaklar, raketka va sharlar kiradi.
Stol tennisi uchun tur o‘lchamlari.
To‘rning uzunligi 183 sm, balandligi 15,25 sm.Turning tepa qismida 1,5 sm qalinlikda butun uzunligi bo‘yicha oq ranga lenta bo‘lib, uning ichidan ip tortiladi. Turning quyi qismi stolga tegib turadi. Tirgaklar stolning yon qirralariga 15.25 sm qilib mustahkamlanadi. To‘p ham aniq talablarga javob berishi kerak. ITTF taklif qiladigan to‘plar o‘z xususiyatlari bilan ajralib turadi. To‘pning vazni o‘zgarmas (3 g), diametri 40 mm. U yumaloq shaklda, sferik va joylar tekis, bilinmas bo‘lishi kerak. Ikkala yarim sharlarning devor qalinligi bir xil bo‘lishi lozim. Sharni o‘yinga uzatish (podacha) bilan (2 martadan) har bir o‘yinchi tashlaydi. Raqiblardan biri 11 ochko, ikkinchisi 2 ochko kam hisobga erishilganda partiya tugatiladi. 10:10 hisobda o‘yin 12:10, 13:11 va hakozogacha bo‘lim (partiya) davom etaveradi. Ushbu vaziyatlarda uzatish 1 martadan bo‘ladi, yutuqga yetgandan keyin almashinadi.
To‘p o‘zining eng baland nuqtasidan pasaya boshlagan zahoti unga raketka bilan zarba beriladi. 1. To‘p uzatish vaqtida sharni yuqoriga otayotganda, qo‘l kaftini burmaslik, pastga yoki yon tomonga harakatlantirish mumkin emas, to‘p uzatilayotganda raketkaga to‘p tegmay qolsa, o‘yinchi to‘pni ushlab olsa qoida buziladi va ochko hisoblanadi. Uzatilayotgan to‘pni hakam yoki yordamchi hakam ko‘rib turishi lozim. O‘yin qoidasi buzilganda, hakam o‘yinni to‘xtatadi va o‘yinchiga ogohlantirish beradi, yana takrorlansa o‘yinchi ochko yo‘qotadi. To‘p raketka bilan qaytariladi. Raketkada zarba berish uni qo‘llarda almashtirish yoki ikkala qo‘lda ushlash mumkin.
3-rasm 1-to‘pni uzatuvchi turishi mumkin bo‘lgan joy (zona). 2-uzatuvchining raketkasi va to‘pning uzatish vaqtida turishi mumkin bo‘lgan joy (zona).
Agar o‘yinchi to‘pga raketkani har qanday qismi bilan to‘pga tegizsa, qo‘l kaftiga tegsa zam to‘p qaytarilgan hisoblanadi faqat shar bir marta tegishi kerak. Uzatish vaqtida to‘pga zarba berganda u maydonning orqa chizig‘idan tashqarida bo‘lishi lozim. Qaytarilgan to‘p raqib tomonidan stolning yuzasiga tegishi lozim. Biror narsa (predmet) ga (shiftga, chiroqqa) tegib ketgan to‘p yo‘qotilgan hisoblanadi.
REFERAT
Mavzu : Stol tennisining rivojlanish tarixi.
Bajardi: ________________________________
Dostları ilə paylaş: |