havzasi bilan tutashgan va bu holat mazkur havzalaming hayvonot olamini ham ma’lum darajada qo‘shilishiga olib kelgan. Hayvonlaming faol tarqalishi bir necha shakllarda (uchish, yu- gurish, suzish, sudralish) yuz beradi. Tarqalishning muvaffaqiyatli amalga oshishida lokomotor (harakat) organlarining mukammallik darajasi alohida o ‘rin tutadi. Ayniqsa, uchish hayvonlaming ko‘proq va kengroq tarqalishiga imkon beradi. Yangi yashash joylarini egal lashda birgina harakat organlari hal qiluvchi ahamiyatga ega emas, ya’ni yangi yashash joyidagi sharoit tarqalayotgan turning biologik va ekologik “talab”lariga ham mos bo‘lishi juda muhimdir. Ba’zi quruq- Hk hayvonlari, jumladan, bug‘ular, loslar va yovvoyi echkilar (kosulya) yaxshi suza olishi sababli suv havzalari kabi g ‘ovlami kechib o ‘tishi va orollarga tarqalishi mumkin. Suv ayg‘irlarining 30 km gacha, lat cha (laska)laming 1,5 km, timsohlaming esa 1000 km gacha suza olishi aniqlangan. Hayvonlaming passiv tarqalishiga ulaming tuxum, 78
lichinka va shu kabi embrional va postembrional bosqichlardagi tar- qalishini misol qilish mumkin. Passiv tarqalish turli tashuvchi omil lar ta’siri ostida amalga oshadi. Hayvonlaming suv oqimi yordamida tarqalishi - gidroxoriya, shamol yordamida tarqalishi - anemoxoriya deb yuritiladi. Bir vaqtning o ‘zida ham shamol, ham suv yordamida tarqalish - anemo-gidroxoreya deb yuritiladi. Bunda suv yuzasida qal- qib tumvchi turli obyektlarga ilashib olgan hayvonlar shamol yor damida harakatlanadi va tarqaladi. Boshqa hayvonlar yordamida tar qalish - bioxoriya deyiladi. Bunday xususiyat tasodifiy va qonuniy bo‘lishi mumkin. Foreziya hodisasi ham hayvonlaming tarqalishiga