sabab bo‘ladi va bunda bir organizm ikkinchisiga o ‘zining yashash muhitini o ‘zgartirish maqsadida yopishib oladi. Misr orqali kechadi- gan migratsiya davrida ushlab tekshirilgan 11000 qushdan 881 tasida 1442 ta kanalar borligi aniqlangan. Nuorteva va Gudstral (1963) Fin- landiyada qushlaming migratsiyasini o ‘rgangan hamda qushlarda bu joyda avval qayd etilmagan kana turlari borligini aniqlagan. Hayvon larda passiv tarqalishning alohida turi - antropoxoriya ham uchraydi. Bunda hayvonlaming tarqalishi inson tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat topshiriqlari 1. Areal tushunchasini ta ’riflang va unga misollar keltiring. 2. Areal xaritasini tuzish uslublari va har bir uslubning о ‘ziga xos tomonlarini tushuntirib bering. 3. A reallam i xaritalashtirish qanday ahamiyatga ega? 4. Areallarning ко ‘lami va shaklining harxil bo ‘lishiga sabab nima? 5. Areallarning qanday tiplari bor va ularni о ‘zaro solishtirish orqali tahlil qiling? 6. H ayvonlam ing tarqalishida antropogen omillar qanday rol о ‘ynaydi? 7. Arealda hayvonlam ing tarqalishi haqida nimalarni bilasiz? 8. Tur arealini о ‘rganish qanday ahamiyatga ega? 9. О ‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan turlam ing areallari haqida nimalarni bilasiz? 79
V BOB. ZOOGEOGRAFIK OBLASTLAR Zoogeografiyaning asosiy vazifalaridan biri yer yuzining turli hududlarida hayvonot dunyosining evolutsion kelib chiqishi, shakl- lanishi, faunistik tarkibi va ulaming o ‘zaro o ‘xshashlik va farqlari- ni chuqur o ‘rganishdan iborat. Yer yuzida tur areallari va faunistik komplekslar shakllanishida o ‘simliklar qoplami, o ‘simlik va hayvo