Bu esa, o ‘z navbatida, ayrim turlaming qirg‘oq bo‘ylab tarqalishiga imkon yaratadi. Natijada cho‘l mintaqasining fauna tarkibidagi turlar soni daryolar hisobiga ancha ko‘payadi. Aksincha, dastlabki areali ning parchalanishi va chegaralanishi tufayli kserofil hayvon turlari- ning soni va zichligi kamayadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ir- rigatsiya tizimi bilan bog‘liq loyihalami amalga oshirishda avvalo, hayvonlami ekologik omil sifatida hisobga olgan holda faoliyat yurit ish maqsadga muvofiqdir. Yer usti hayvonlarining tarqalishida tog‘liq mintaqalar ham alo hida o ‘rin tutadi. Tog‘laming yon bag‘irlarida iqlimiy xususiyat laming turli-tuman bo‘lishi ulaming o ‘ziga xos o ‘simlik va hayvon turlari bilan egallanishiga olib keladi. Tog‘ tizmalari ham ko‘p hoi larda ekologik to‘siq vazifasini o ‘taydi. Palearktika kenja hayvonot olami va Indo-Malay faunistik oblastini ikkiga ajratib turgan Himo lay tog‘ini bunga yaqqol misol qilish mumkin. Xuddi shunday, Hisor va Darvoz tog‘ tizmalarining janubiy va shimoliy yon bag‘irlaridagi hasharotlar faunasi bir-biridan tubdan farq qiladi. Tog‘ tizmalari hay vonlaming tarqalishiga chegara bo ‘ lib xizmat qilishi bilan birga, bir avlodga mansub turlaming bir nechta tor areallami hosil qilishiga ham sabab bo‘ladi. 0 ‘rta Osiyo tog‘larida 100 turdagi Carabus av lodiga mansub qo‘ng‘izlar uchraydi, keng maydonga ega bo‘lishiga qaramasdan Yevropaning tekislik hududlarida 30 turdagi qo‘ng‘izlar uchraydi, xolos. Bu holat tog‘ tizmalaridagi har bir kichik maydonda betakror va o ‘ziga xos ekologik sharoitlar shakllanganligi bilan tu- shuntiriladi. Tekisliklarda iqlimiy omillaming o ‘zgarishi mintaqaviy xarakter kasb etadi, tog‘larda esa, aksincha, uncha katta bo‘lmagan