areali ancha kengaygan. Xuddi shunday chipor bug‘u, zubr va boshqa hayvonlar qayta iqlimlashtirilgan. Har qanday iqlimlashtirish jara- yoni chuqur ekologik yondashuvni talab etadi va aks holda bunday faoliyat iqtisodiy samara o ‘miga jiddiy zarar ham yetkazishi mumkin. Amaliyotda bunday holatlar ko‘plab uchraydi. Biotsenozdagi ishtiro ki va inson x o ‘jaligidagi ahamiyatidan qat’i nazar, foydali va ba’zan zararli sanalgan, ammo qirilib ketish arafasida turgan, noyob turlami maxsus muhofaza qilish bilan bir qatorda, ulami iqlimlashtirish, ya’ni areallarini kengaytirish y o ‘nalishidagi tadbirlar dolzarb sanaladi. Hayvonlaming tarqalishiga g ‘ov bo‘luvchi to‘siqlami shartli ra vishda fizikaviy va ekologik turlarga ajratish mumkin. Quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun suv havzalari, suv hayvonlari uchun esa quruqlik fizikaviy to‘siq yoki chegara vazifasini o ‘taydi. Darlingtonning (1966) fikricha, hayvonlaming tarqalishida masofa asosiy o ‘rinni egallaydi. Ko‘pchilik hollarda hayvonlaming yangi joyga tarqalishida daryolar muhim rol o ‘ynasa, ko‘pincha yirik daryolar hayvonlar tarqalgan hududlami b o‘laklargabo‘ladi va asosiy to‘siq vazifasini o ‘taydi. Amazonka daryosi 50 turdagi qushlaming 75
tarqalishini cheklovchi chegara hamda yuzlab hasharot va boshqa turlaming areallarini shakllanishini belgilovchi omil sifatida baholanadi. Volga daryosi o ‘zining quyi oqimida bir tomondan cho‘l va dashtda yashovchi sutemizuvchilaming (sariq yumronqoziq, eversmann xomyagi, yerqazar) g ‘arbiy chegarasi bo‘lsa, ikkinchi tomonidan ko‘rsichqon va xoldor yumronqoziqning sharqiy tarqalish areallarini chegaralaydi. Xuddi shunday faunistik chegara roli Dnepr