Shaxsning bilish jara yonlari



Yüklə 285,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix02.06.2023
ölçüsü285,75 Kb.
#127537
  1   2   3   4   5   6   7


SHAXSNING BILISH JARAYONLARI 
REJA: 
1.Bilish faoliyatiga umumiy tavsif. 
2. 
Asosiy bilish jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga 
xosligi



1. Bilish faoliyatiga umumiy tavsif 
:, Bilish muammosi qadim zamonlardan beri kishilik dunyosini qiziqtirib keladi
ammo u bugungi kunda fan va texnikaning ri~ vojlanishi tufayli yanada dolzarb masalaga 
aylanib qoldi. Shu boisdan, bilish nazariyasi falsafa, tarix, filologiya, kibernetika
pedagogika, psixologiya kabi fanlarning tadqiqot predmetiga aylanib, ularning har qaysisi 
o'zining mohiyatidan kelib chiqib, uning u yoki bu jabhalarini o'rganadi. 
Boshqa fanlardan farqli o'laroq, psixologiya fani insonning onto-genezida bilishning 
vujudga kelishi, uning o'ziga xos psixologik mexanizmlari, unda ehtiyoj, motiv, emotsiya 
va irodaning o'rni, tanishish zarurat hisoblangan obyektning notanishligi, ko'rinishi hamda 
materiallar mazmunining ahamiyatini tekshiradi. 
Bizningcha, obyektiv dunyo to'g'risidagi ma'lumotlar, fan asos-lari bo'yicha 
axborotlar, ijtimoiy va individual tajribalar, shaxslararo munosabat va muomala o'rnatish, 
muayyan faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarish o'zini o'zi anglashga taalluqli tarkibiy 
qismlar bilan qurollanishga, ijod va yangilik yaratishga qaratilgan murakkab, iyerarxik 
hamda integral xususiyatli, faqat insoniyatgagina xos bo'l-gan, aqliy va jismoniy negizga 
quriluvchi intilish va faollikning majmuasi bilish deb ataladi. 
Bilishning psixologik bosqichlari, darajalari, ko'lami, kengligi, chuqurligi, to'liqligi, 
aniqligi, yaqqolligi, ifodalanish shakllari va vositalari, barqarorligi, mustaqilligi va uning 
ijtimoiy psixologik mexanizmlari to'g'risida ma'lumotlar sharhlanadi. 
Bizni qurshab turgan obyektiv borliqni bilish xususiyatiga oid jahon psixologiyasi 
fanida ko'plab ilmiy nazariyalar, mustaqil kon-sepsiyalar, o'xshash qarashlar, puxta 
pozitsiyalar, xilma-xil yonda shishlar mavjud, ammo shunga qaramasdan, bu asnoda 
bilishning filogenetik qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari, ularning bunyodkor 
mexanizmlari, muayyan o'ziga xoslik, ulardagi barqarorlikni ta'min-lovchi shart-sharoitlar, 
harakatlantiruvchi kuchlar, obyektiv va subyektiv omillarning ta'sirchanlik imkoniyati 
rang-barangligi tufayli onitogenetik davrning xususiyatlari to'g'risida mulohaza 
yuritishning o'zi yetarlidir. 
Inson shaxs bo'lib shakllanishida va rivojlanishida bilish jarayonlari asosiy funksiyani 
bajaradi. Bilish jarayonlari qadim zamonlardan beri olimlarning diqqat markazida boigan 
muammolardan biri bo'lib kelgan. Insonning ontogenezida bilish jarayonini amalga 
oshiruvchi, uni yuzaga keitiruvchi asosiy manbalar mavjud bo'lib, bizningcha, ular 
taxminan quyidagilardan iborat: 
1) tug'ma instinktlar; 
2) shartsiz reflekslar; 
3) shartli reflekslar; 
4) ideomotor harakatlar; 
5) predmetli harakatlar; 
6) taqlid yoki imitatsiya; 
7) tajriba; 


8) mashq; 
9) ko'nikma, malaka, odat (ularni o'zlashtirish imkoniyati va egallash vaziyati); 
10)refleksiya (xulq va ongli boshqarish). 
Bilish jarayonining mohiyati va o'ziga xosligini vujudga keitiruvchi asosiy psixologik 
negizlari tariqasida: 
1) ehtiyoj; 

2) motiv (motivatsiya); 
3) mayl; 4)moyilIik; 
5) qiziqish; 
6) ustanovka; 
7) tug'ma, tabiiy alomatlar; 
8) faollik; 
9) ruhiy holatlarning barqarorligi; 
10)obyektiv 
va 
subyektiv 
xususiyatli 
funksiyalar 
xizmat 
qilishi 
mumkin. 

Yüklə 285,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin