19-bob. ADAPTIV VA KO‘P ELEMENTLI ANTENNA TIZIMLARI 19.1. MIMO texnologiyasining tavsifi Simsiz texnologiyalarni jadal ravishda rivojlanishi sababli tar-
moqlarning yuqoriroq sig‘imi va funksionalligiga bo‘lgan talablar
yanada dolzarblashmoqda. Simsiz tarmoqlarning spektral samara-
dorligini oshirish muammosi yanada muhimlashmoqda. Hozirgi
kunda aloqa industriyasi o‘tkazish polosasini kengaytirish, mo-
dulyatsiya mexanizmlarini takomillashtirish va kodli multipleks-
lash hisobiga spektral samaradorlikni oshiruvchi ma’lum usullar
imkoniyatlarini deyarli to‘liq ishlatib bo‘ldi. Bunday sharoitda
MIMO va yo‘naltirish diagrammalarni adaptiv shakllantirish kabi
antenna texnologiyalari simsiz tizimlarni yanada takomilashtirish-
da yangi omillar deb hisoblanmoqda.
19.2. MIMO texnologiyasining tavsifi MIMO (ingl. Multiple Input Multiple Output – ko‘p sonli qabul qilish – ko‘p sonli uzatish) – yangi ma’lumot uzatish texnologi-
yasi bo‘lib, unga ko‘ra
dastlabki ma’lumotlar oqimi demulti-
pleksorda alohida uzatish traktlari bo‘yicha ishlov berish va
uzatish uchun
N sonli oqimlarga ajratiladi. Qabul qilish to-
monida esa
M sonli qabul traktlari bo‘lib, ularda ma’lumotlar
multipleksordan o‘tadi va qabul qilishdagi xatoliklarning soni-
ni kamaytiruvchi maxsus algoritmlar bo‘yicha yana qaytib bir
oqimga yig‘iladi. Bu xatoliklar uzatish kanalidagi buzilishlar va
signallarning fazoviy korrelyasiyasi natijasida vujudga kelishi
mumkin (19.1-rasmga qarang).
Shunday qilib, MIMO texnologiyasi bitta radiokanalda bir
nechta uzatuvchi va qabul qiluvchi traktlarni ishlatadi. Amalda
MIMOni ishlash tartibida ikki xil rejim ajratiladi: Fazoviy ajratish
(FA) va Fazoviy multiplekslash (FM) rejimlari.