363
25-bob. Wi-Fi VA WIMAX TARMOG‘INI TASHKIL
ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
25.1. Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanish
Hozirgi vaqtda Wi-Fi tarmoqlari dunyoda juda keng tarqalgan.
Wi-Fi asosidagi xizmatlarga hozirgi kunda istalgan ommaviy joy-
da: o‘quv
maskanlarida, kutubxona, kafe, aeroport va mehmon-
xonalarda ulanish mumkin. Lekin baribir bunday tarmoqlarning
qamrov zonalari sotali tarmoqlarnikiga nisbatan epizodik (par-
cha-parcha) bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunga kelib dunyoda eng yirik va ahamiyatli Wi-Fi
tarmoqlari safiga quyidagilarni kiritish mumkin:
•
2007-yilda Earthlink kompaniyasi (AQSH) Filadelfiya
shahrini Internetga simsiz tarmoq asosida to‘liq
ulagan va shu
bilan uni Wi-Fi bilan qamrab olingan AQSHdagi birinchi shahar
– megapolisga aylantirgan.
•
AQSH va Buyuk Britaniyada Starbucks restoranlar tarmog‘i
uchun xot-spotlar ishlashini, shuningdek Germaniyada 7500 dan
ortiq xot-spotlar ishini ta’minlagan T-Mobile kompaniyasi tar-
mog‘i.
•
Golden Telecom kompaniyasi
tomonidan Moskvada yaratil-
gan dunyodagi eng katta shahar Wi-Fi tarmog‘i. Bu tarmoq,
shuningdek, Yandeks – Wi-Fi loyihasini ishlatish uchun o‘z alo-
qa kanallarini taqdim etadi.
•
Fransiyadagi Ozone va Ozone Paris tarmoqlari. 2003-yilda
Ozone kompaniyasi Parij shahrini to‘liq qamraydigan markaz-
lashtirilgan Wi-Fi tarmog‘ini yaratish maqsadida Ozone Paris tar-
mog‘ini qurishni boshlagan.
Hozirgi kunda ko‘plab guruhlar,
jamoalar, shaharlar va, hatto,
xususiy shaxslar umumiy “piring kelishuvidan” foydalangan hol-
da, tarmoqlar bir-biri bilan erkin ishlay olishi uchun ochiq Wi-Fi
tarmoqlarini qurishmoqda. Ochiq
Wi-Fi tarmoqlarini kengayti-
rish maqsadida ko‘plab shahar ma’muriyatlari mahalliy jamoalar
364
bilan birlashmoqdalar. Ko‘pchilik guruhlar ko‘ngilli yordamlarga
va homiylar ko‘maklariga to‘liq asoslangan holda Wi-Fi tarmoq-
larini qurishmoqda.
Uncha katta bo‘lmagan ba’zi davlatlar (masalan, Tonga qi-
rolligi va Estoniya) va shaharlar aholi
yashash joylaridan Wi-Fi
xot-spotlariga bog‘lanish orqali Internetga erkin ulanishni bar-
chaga taqdim etmoqda. Masalan, Parijda Ozone Paris Wi-Fi tar-
mog‘ini o‘rnatishda o‘zining uyini tomini foydalanishga bergan-
larga Internetga cheklanmagan ulanish taqdim etilmoqda.
Ko‘plab universitetlar o‘z
talabalari, tashrif buyuruvchilar va
universitet hududidagi barcha shaxslar uchun Wi-Fi tarmog‘i
orqali Internetga erkin ulanishni ta’minlamoqda. Bunday tarmoq-
lar Toshkent axborot texnologiyalari universitetida va Toshkent
temiryo‘l tranporti muhandislari institutida ham ishlab turibdi.
Shuningdek, erkin ulanishni faqat o‘z a’zolariga taqdim eta-
digan va a’zo bo‘lmaganlarga ulanishni to‘lov asosida beradigan
jamoalar va tashkilotlar yaratgan boshqa
toifadagi tarmoqlar ham
ko‘pgina. Bunday variantga Finlandiyaning Sparknet tarmog‘i
misol bo‘lishi mumkin. Sparknet tizimi foydalanuvchilar o‘z
ulanish nuqtalarini tarmoqqa qo‘shib, bundan ma’lum bir foyda
olish imkonini beradigan Open Sparknet loyihasini ham
qo‘llab-quvvatlaydi.
Dostları ilə paylaş: