370
tarmoq
larida aloqani ta’minlovchi
maxsus telefon apparatlari,
mobil uskunalar va kompyuter uskunalari ishlab chiqarishga katta
e’tibor qaratildi.
25.2.1. O‘zaro ishlash imkoniyatlari va ishlash sifati
WiMAX texnologiyasi katta sonli an’anaviy tizimlar, simli
yoki simsiz tarmoqlar bilan aloqani ta’minlash maqsadida
ishlab
chiqilgan (tarmoqlar IP ga asoslangan). Ko‘p hollarda bu arxitek-
tura multimediali IP tizimlariga (yoki IMS) asoslangan bo‘lib,
tarmoqlararo “rouming”ni ta’minlash, 3G tarmoqlari bilan birga-
likda ishlash, IP darajasidagi tarmoqlarda aloqa sifati va xizmatlar
to‘plamini ta’minlash imkonini beradi. IP tarmoqlariga ula nish
imkoniyati tufayli WiMAX texnologiyasi
boshqa tarmoqlarni ken-
gaytirish “choksiz mobillik” prinsipi bo‘yicha ularni qurish im-
koniyatini beradi.
WiMAX texnologiyasi simli tarmoq operatorlariga uzoq-
lashtirilgan hududlarga ulanish uchun “oxirgi mil” muam-
molarini hal qilish imkoniyatini beradi, uzoq masofalarga
kabel yotqizish kabi ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. IEEE
802.16e standarti mobil aloqa operatorlari
xarajatlarini ka-
maytirishni taklif etadi, mobil aloqa operatorlariga 2G va 3G
darajasidagi xizmatlarni, keng polosali ma’lumot uzatish xiz-
matlarini va eng zamonaviy raqobatlashuvchi simsiz tarmoq
xizmatlarini ta’minlashni qo‘shishni ta’minlaydi.
WiMAX
tarmog‘ini qurishning moliyaviy xarajatlari an’anaviy sotali
ikkinchi va uchinchi avlod tarmoqlarinikidan kamroq bo‘ladi,
asosiy xarajatlar TS stansiyalari infratuzilmasini yaratish va
qurilish montaj ishlarini olib borish uchun sarflanadi. IP pro-
tokolida qurilgan WiMAX arxitekturasi keng polosali mul-
timediali ilovalardan foydalanishda
eng yaxshi imkoniyatlar
taqdim etadi, shuningdek, IP-asosida qurilgan mobil tarmoq-
larda qo‘llaniluvchi ovozli va qisqa xabarlarni mobil uzatishni
ta’minlaydi.
371
Tarmoqlarning aksariyat qismi ochiq kodli dasturiy ta’minot
asosida yoki ochiq litsenziyalik e’lon qilingan sxemalar asosida
qurilmoqda. Masalan, “Wi-Fi Liberator”
dasturi MAC OS X va
Wi-Fi moduli o‘rnatilgan istalgan noutbukni Wi-Fi tarmog‘ining
ochiq tuguniga aylantiradi. OLSP
(ingl. Optimized Link-State
Routing)
ochiq tarmoqlarni yaratish uchun foydalaniladigan pro-
tokollardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: