O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar


Egovlar: a, b-yassi, v-kvadrat, g-uchburchaklik, d-yumaloq, e-yarim yumaloq



Yüklə 293,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix08.12.2023
ölçüsü293,19 Kb.
#138478
1   2   3   4   5   6   7   8
Egovlash usullari. Egovlashda kuchni taqsimlanishi

Egovlar: a, b-yassi, v-kvadrat, g-uchburchaklik, d-yumaloq, e-yarim yumaloq, 
j-romb shaklidagi.
Mayda tishli egovlar (1 sm uzunligida 16—24 qator tish-lari bo‘ladi) sirtlardan 


0,1—0,3 mm gacha qirindi olish yo’li bilan toza ishlov berishda ishlatiladi. Bu 
egovlar bilan ishlangan sirtlarning aniqlik darajasi 0,02—0,15 mm ga yetib boradi.
Mayin tishli egovlar (1 sm uzunligida 24—40 qator tishlari bo‘ladi) 0,01—0,02 mm 
gacha qirindi olish yo’li bilan aniqligi 0,01—0,005 mm gacha bo‘lgan sirtlar hosil 
qilishdaishlatiladi.
Egovlarning tishlari maxsus zubilo bilan kertib yoki frezalash yo’li bilan hosil 
qilinadi. Tishlar bir qatorli yoki ikki qatorli bo‘ladi. Bir qator tishli egovlarda 
tishlarning qiyalik burchagi yon tekislikka nisbatan 70—80° bo‘ladi; bu egovlar 
yumshoq metallar (mis, alyuminiy, babbit va boshqalar)ni egovlash uchun 
mo‘ljallangan; ikki qator tishli egovlarning tishlari bir-biri bilan kesishgan bo‘lib, 
birinchi qatordagi tishlarning qiyaligi 55—60°, ikkinchi qatordagisi 70—80° 
burchak hosil qilib joylashtirilgan . Bunday egovlar yumshoq hamda qattiq 
metallarni egovlashda ishlatiladi.
Egovlar ko‘ndalang kesimlariga qarab: yassi (to‘g‘ri to‘rtburchaklik), kvadrat, 
uchburchaklik, 
romb, 
dumaloq, 
yarim 
dumaloq 
shakllarda 
bo‘ladi.
Egovlanadigan sirtlarning shakliga, uning xomaki yoki toza ishlanishiga qarab Unga 
mos egov tanlanadi.
Xomaki materiallarni egovlab silliqlash va aniq o‘lchamga keltirishda dastlab yirik 
tishli egovlar ishlatiladi. Ular bilan sirtlarning aniqligi 0,2—0,5 mm gacha keltirilib, 
so‘ngra mayda tishli egovlar bilan egovlashga o‘tiladi va sirtlarning aniqlik darajasi 
0,02—0,1 mm ga keltiriladi. Talab ztilishiga qarab mayin tishli egovlar bilan 
egovlanadi, 
shaberlab 
sirtlarning 
silliqligi, 
aniqlik 
darajasi 
orttiriladi.
Egovlar U13 va U13A markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan, ba’zan SHX15 
yoki 13X markali legirlangan asbobsozlik po‘latlaridan 100, 125, 150, 200, 250, 
300, 350 va 400 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi, ularga tish chiqarilgandan so‘ng 
termik ishlov beriladi.
Egovlar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan (50-rasm): ish qismi, uchi, qirra, 
yoq, bandi (quyruq), dasta. Ular zarang, qayrag‘och, qayin, chinor, yong‘oq kabi 
yog‘ochlardan yoki presslangan qog‘oz, plastmassalardan tayyorlangan dastalar 
bilan dastalanadi. Presslangan qog‘oz va plastmassalar yorilmasligi bilan 


yog‘ochlardan farq qiladi. Dastasiz egovlar ishlatilmaydi. Dastalar yorilmagan, 
darzketmagan, butoqsiz, sirti silliq, oliflangan yoki laklangan bo‘lishi kerak. 
Dastaning uzunligi va yo’g‘onligi egovning o‘lchamiga mos bo‘lishi kerak.
Egovni 
ishlatishda 
quyidagi 
qoidalarga 
rioya 
qilish 
lozim.
1. Egovlarni biror buyumga urmaslik kerak. Bu — tishlarning ishdan chiqishiga 
sabab bo‘ladi.
2. Egovlarni bir-biri ustiga qo‘ymaslik, ularni yog‘och tagliklarga terib qo‘yish 
kerak.

Yüklə 293,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin