B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

3.5.5
 
Kalibrlash 
Agar ishlab chiqarishda datchikka yo‘l qo‘yilishlar va interfeysga (signallarni 
qayta shakllantirish sxemalari) yo‘l qo‘yilishlar tizimning talab qilinadigan 
aniqligidan ortiq bo‘lsa, har doim kalibrlashni o‘tkazish zarur bo‘ladi. Masalan, 
haroratni spravochnik materiallariga ko‘ra 
1
xatolikka ega bo‘lgan datchik 
bilan 
0,5
aniqlikda o‘lchash talab qilinsin. Buni faqatgina aniq datchikni 
kalibrlashni o‘tkazgandan keyin qilish mumkin bo‘ladi, kalibrlash uning individual 
uzatish funksiyasini topish uchun zarur bo‘ladi, buni shuningdek tizimni to‘liq 
kalibrlashdan o‘tkazgandan keyin qilish mumkin bo‘ladi. To‘liq kalibrlashni 
o‘tkazish jarayonida datchik, interfeys qurilmasi va analog-raqamli qayta 
shakllantirgichni o‘z ichiga oladigan butun tizimning uzatish funksiyasini 
tasvirlaydigan koeffitsiyentlar aniqlanadi. Agar uzatish funksiyasining ifodasi 
chiziqli bo‘lsa ((3.1) tenglama), u holda 
a
va 
b
koeffitsiyentlarni aniqlash zarur 
bo‘ladi, agar ifoda eksponensial bo‘lsa ((3.3) tenglama) – u holda 
a
va 
k
koeffitsiyentlarni aniqlash zarur bo‘ladi va hokazo. Chiziqli uzatish funksiyasiga 
oddiy misolni ko‘rib chiqamiz. To‘g‘ri chiziqni tasvirlaydigan koeffitsiyentlarni 
topish uchun ikkita tenglamaga ega bo‘lish kerakligi sababli, kalibrlashni eng 
kamida ikkita nuqtada o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Misol sifatida to‘g‘ri siljitilgan 
r-
n
o‘tish asosida qurilgan yarim o‘tkazgichli harorat datchigini olamiz. Yuqori 
aniqlik bilan shuni tasdiqlash mumkinki, uning uzatish funksiyasi (harorat – kirish 
signali, kuchlanish – chiqish signali) chiziqli bo‘lib hisoblanadi va quyidagi 
tenglama bilan ifodalanadi:
V = a + bt 
(3.10) 
a
va 

konstantalarni aniqlash uchun datchikni ikkita muhitga – biri 
t
1
haroratga, ikkinchisi 
t
2
haroratga ega bo‘lgan muhitga joylashtirish va ikkita mos 


114 
keluvchi 
v
1
va 
v
2
kuchlanishlarning qiymatlarini o‘lchash zarur bo‘ladi. Shundan 
keyin bu kattaliklarni (3.10) ifodaga o‘rniga qo‘yish kerak bo‘ladi: 
v

= a + bt

v

= a + bt
2

(3.11) 
va konstantalarning qiymatlari topiladi: 
b

,
a = v

– bt


(3.12) 
Chiqish kuchlanishidan haroratni olish uchun o‘lchangan kuchlanish 
qiymatini uzatish funksiyasining invers ifodasiga o‘rniga qo‘yish zarur bo‘ladi: 
t = 

(3.13) 
Ba’zi bir hollarda konstantalardan biri etarlicha aniqlik bilan oldindan 
aniqlangan bo‘lishi mumkin, bunda kalibrlashni ikkita nuqtada o‘tkazishga zarurat 
bo‘lmaydi. 
p-n
o‘tishga ega bo‘lgan xuddi o‘sha harorat datchigi uchun 

uzatish 
funksiyasining egilishi ma’lum bir tipdagi yarim o‘tkazgichlar uchun odatda yaxshi 
qayta yaratiladigan kattalik bo‘lib hisoblanadi. SHunda agar tanlangan tipdagi diod 
uchun 
b
ning kattaligi ma’lum bo‘lsa, masalan, 
b = 
0,002268 V/
bo‘lsa, 
a
koeffitsiyentni topish uchun kalibrlashni bitta nuqtada o‘tkazish yetarli bo‘ladi:
a

v

+
0,002268t
1

Nochiziqli funksiyalar uchun kalibrlashni ikkitadan ko‘p bo‘lgan nuqtalarda 
o‘tkazish talab qilinadi. Zarur bo‘ladigan kalibrlashlar soni matematik ifodaning 
turi bilan belgilanadi. Agar uzatish funksiyasi polinominal bog‘lanish bilan 
modellashtirilsa, kalibrlash nuqtalarining soni talab qilinadigan aniqlikka bog‘liq 
ravishda tanlanadi. Qoidaga ko‘ra, kalibrlash jarayoni etarlicha ko‘p vaqtni talab 
qilishi sababli, datchiklarni ishlab chiqarish narxini pasaytirish uchun ishlab 
chiqarishda kalibrlash nuqtalarining soni minimal qilib beriladi. 
Bo‘lakli-chiziqli approksimatsiyalashni qo‘llash nochiziqli datchiklarni 
kalibrlashga boshqa bir yondashuv bo‘lib hisoblanadi. Yuqorida eslatib 
o‘tilganidek, har qanday egri chiziqni etarlicha kichik interval oralig‘ida tenglama 
bilan tasvirlanadigan chiziqli funksiya bilan almashtirish mumkin. Shu sababli 


115 
nochiziqli uzatish funksiyasini ularning har biri o‘zlarining 
a
va 
b
koeffitsiyentlariga ega bo‘lgan chiziqli kesmalar kombinatsiyasi ko‘rinishida 
taqdim qilish mumkin. O‘lchashlar paytida avvalambor olingan 
S
kuchlanish 
approksimatsion funksiyaning kaysi kesmasida joylashganligini aniqlash zarur 
bo‘ladi, shundan keyin mos keluvchi 
a
va 
b
koeffitsiyentlar tanlanadi va (3.13) 
tenglama yordamida tashqi ta’sirning qiymatini hisoblash mumkin bo‘ladi. 
Datchiklarni kalibrlashni o‘tkazish uchun mos keluvchi tashqi ta’sirni 
modellashtirish imkonini beradigan aniq fizikaviy etalonlarga ega bo‘lish muhim 
bo‘ladi. Masalan, kontaktli harorat datchigini kalibrlashda uni ularda haroratni aniq 
rostlash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoki suvli rezervuarga joylashtirish zarur 
bo‘ladi. Infraqizil datchiklarni kalibrlashda qora jismning bo‘lishi talab qilinadi, 
gigrometrlarni kalibrlash uchun esa – yopiq konteynerda doimiy nisbiy namlikni 
ushlab turish uchun foydalaniladigan to‘yingan tuzlar eritmalarining bo‘lishi talab 
qilinadi va hokazo. Bundan yaqqol ko‘rinib turibdiki, keyingi o‘lchashlarning 
aniqligi kalibrlashni o‘tkazish aniqligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. 
Kalibrlash etalonlarining xatoligi o‘lchashlarning to‘liq xatoligiga kirishi lozimligi 
ko‘rsatiladi. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin