B. A. Nazarbayeva


  3.7. Dinamik tavsiflar



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

 


124 
3.7. Dinamik tavsiflar
Statsionar sharoitlarda datchik o‘zining uzatish funksiyasi, o‘lchanadigan 
qiymatlar diapazoni, kalibrlash koeffitsiyentlari va hokazolar bilan to‘liq 
tasvirlanadi. Biroq amaliyotda datchikning chiqish signali kiruvchi tashqi 
signalning o‘zgarishiga har doim ham aniq ergashavermaydi. Buning sababi 
datchikning o‘zida ham, uning tashqi ta’sirlar manbai bilan ulanishida ham bo‘lishi 
mumkin, bunda ulanish signallarga cheksiz katta tezlik bilan tarqalish imkonini 
bermasligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, har qanday datchik vaqtga bog‘liq 
bo‘lgan parametrlarga ega bo‘ladi, bu parametrlar 
dinamik tavsiflar 
deb ataladi. 
Agar datchikning tezkor harakatlanishi chegaralangan bo‘lsa, u tashqi ta’sirlarning 
real qiymatlardan farq qiladigan qiymatlarini qayd qilishi mumkin. Bu datchik 
dinamik xatolik 
bilan ishlayotganligini bildiradi. Statik va dinamik xatoliklar 
o‘rtasidagi farq shundan iborat bo‘ladiki, keyingisi har doim vaqtga bog‘liq 
bo‘ladi. Agar datchik ma’lum bir dinamik tavsiflarga ega bo‘lgan o‘lchash 
majmuasining tarkibiga kirsa, qo‘shimcha dinamik xatoliklarning qo‘shilishi eng 
yaxshi holatda tashqi ta’sirning real qiymatining aks etishining kechikishiga, eng 
yomon holatda esa – tebranishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Qizish vaqti – 
bu datchikka elektr kuchlanishi yoki qo‘zg‘atish signali 
berilgan moment bilan datchik o‘lchashlarning talab qilinadigan aniqligini berish 
bilan ishlay boshlaydigan moment o‘rtasidagi vaqtdir. Ko‘pgina datchiklarda 
qizish vaqti unchalik sezilarli bo‘lmaydi. Biroq ba’zi bir detektorlar, ayniqsa 
nazorat qilinadigan haroratga ega bo‘lgan qurilmalarda (termostatlarda) 
ishlaydigan detektorlar qizish uchun sekundlarni, ba’zan hatto minutlarni talab 
qiladi. 
Avtomatik boshqarish nazariyasida qurilmaning kirishlari va chiqishlari 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni doimiy koeffitsiyentlarga ega bo‘lgan chiziqli 
differensial tenglamalar ko‘rinishida tasvirlash qabul qilingan. Ko‘rinib turibdiki
bunday tenglamalarni echish bilan qurilmaning dinamik tavsiflarini aniqlash 


125 
mumkin. Datchiklarning konstruksiyalariga bog‘liq ravishda, ularni tasvirlaydigan 
tenglamalar turli tartibga ega bo‘lishi mumkin.
Chiziqli uzatish funksiyasiga ega bo‘lgan 
nolinchi tartibli datchiklarni
t
vaqtdan quyidagi bog‘lanishlar bilan tasvirlash mumkin: 
S(t) = a + bs(t)
(3.18) 
a
koeffitsiyent siljish, 
b
koeffitsiyent esa – statik sezgirlik deb ataladi. 
Tenglamaning turidan ko‘rinib turibdiki, u ularning tarkibiga kondensatorlar yoki 
massalar kabi energiya to‘plovchi elementlar kirmaydigan datchiklarni tasvirlaydi. 
Nolinchi tartibli datchiklar lahzada harakatga keladigan qurilmalarga kiradi. 
Boshqacha qilib aytganda, bunday datchiklarda dinamik tavsiflarni aniqlashga 
zarurat bo‘lmaydi. 
Birinchi tartibli differensial tenglamalar 
ularning tarkibiga bitta energiya 
to‘playdigan element kiradigan datchiklarning o‘zini qanday tutishini tasvirlaydi. 
Bunday tenglamalar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
b


b
0
S(t) = s(t)
(3.19) 
Birinchi tartibli datchikka tipik misol – harorat datchigidir, unda issiqlik 
sig‘imi energiya to‘playdigan element rolini o‘taydi. Birinchi tartibli datchiklarni 
tasvirlashning bir nechta usullari mavjud. Biroq datchiklarni ishlab chiqaruvchilar 
buning uchun ko‘pincha datchik tashqi ta’sirning o‘zgarishiga qanchalik tez 
reaksiya ko‘rsata olishini ko‘rsatadigan chastota tavsiflaridan foydalanadilar. 
Chastota oshganda chiqish signalining nisbiy kamayishini aks ettirish uchun 3.9A- 
rasmda ko‘rsatilgan amplituda-chastota tavsifi qo‘llaniladi. Datchiklarning dinamik 
tavsiflarini tasvirlash uchun ko‘pincha chiqish signalining 3 Db ga pasayishiga 
mos keladigan chegara chastotasidan foydalaniladi, u qaysi chastotada kuchlanish 
yoki tokning 30% ga kamayishi sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Yuqorigi qirqim 
chastotasi deb ataladigan bu fu chegara chastotasi datchikning ishlashining eng 
chekka chastotasi deb hisoblanadi. 


126 
3.9-rasm. Chastota tavsiflari: A – birinchi tartibli datchikning chastota tavsifi,
B – yuqorigi va pastki qirqim chastotalari bo‘yicha chegaralashlarga ega bo‘lgan 
datchikning chastota tavsifi, bunda 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin