Mayl shakllari. Fe’l ifodalagan
harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-
istak, shart ma’nolarini
ifodalovchi fe’l
shakllari mayl shakllari sanaladi.
Fe’llarning uchta mayl shakli mavjud: 1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli; 3) shart mayli.
Xabar mayli . Harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi xabar, darakni bildiruvchi
fe’l shakli xabar mayli shakli hisoblanadi.Xabar mayli shakli
maxsus
qo’shimchaga ega emas. Zamon
va shaxs-
son qo’shimchalarini qabul
qilgan fe’llar xabar maylidagi fe’llar sanaladi.
Buyruq-istak mayli . Harkat va holatni bajarish yoki bajarmaslik haqidagi buyruq, istak, iltimos,
maslahat ma’nolarini bildirgan fe’l shakli buyruq
-istak mayli shakli sanaladi. Buyruq-istak mayli
shakllari fe’l asoslariga quyidagi
qo’shimchalarni qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi:
-(a)y, -(a)yin, -gin
(kin, -qin), -(i)ng, -sin, -(a)ylik, (i)inglar. II shaxs buyruq-
sitak mayli qo’shimchalarining qo’llanilishi
va ma’nolari.
Fe’lning zamon, shaxs
-son
qo’shimchalarisiz qismi II shaxs (yoz, tur, b
or) buyruq- istak
maylini ifodalaydi. Bu qismga buyruq-
istak ma’nosini kuchaytirish uchun
-
gin qo’shimchasini (yozgin,
turgin) qo’shish ham mumkin, shuning uchun bu ikki
shakl ma’nodosh sanaladi.
Shart mayli . Boshqa bir harakat va holatning bajarilish yoki bajarilmasligi uchun
shart bo’lgan
harakat va holatni, shuningdek, istak-
xohishni bildirgan fe’l shakli
shart mayli shakli sanaladi, u -sa
qo’shimchasi yordamida yasaladi. Shart mayli
edi, ekan to’liqsiz fe’llari bilan kelganda, orzu
-istak
ma’nosini bildiradi.
-sa edi
shakli ba’zan
-saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Shart
mayli
shakli kerak so’zi bilan kelganda, taxmin
-gumon
ma’nosini bildiradi.