216
samarali nomini olgan. Mazkur samaraning grafik interpretatsiyasi 26.1.1-rasmda
berilgan.
T
T
*
Y
*
Y
26.1.1-rasm
Ordinatalar o`qiga qarab o`rtacha soliq stavkasi hajmi aniqlanadi (T) abstsissa
o`qi bo`ylab esa, byudjetga tushadigan soliq
tuShumlari umumiy summasi
belgilanadi (Y). T* nuqtasi soliq optimal stavkasiga muvofiq bo`lib, bunda soliq
tuShumlari summasi maksimizatsiya etilib, u kichkina Y*ga teng bo`ladi. Egri
chiziq formasi ham, qo`ng`iroq
nomini olib, g`aznaga tuShumlar va soliq hajmi
o`sishi bilan belgilanadi. Ammo, yuqorida ko`rsatib o`tilgan soliqni o`sishi
iqtisodiy faollikga salbiy ta`sir o`tkazishi haqidagi fikrlardan kelib chiqib, davlat
daromadlari o`sishi ko`rinishidagi soliqqa tortish stavkalari o`sishidan
maksimal
iqtisodiy faollik va Shu miqdorlari qisqaradi. Mo„ayyan nuqtada u nolga teng
bo`lib qoladi.
Soliqqa tortish optimal darajasi nuqtasi yoki sinish nuqtasi aniqlanadi (T*).
Soliqlarning keyingi davrlarda oshirilishi, davlatning fiskal daromadlarini
qisqarishiga olib keladi. 100% soliq stavkasi sharoitlarida davlat daromadlari 0
darajasiga teng bo`ladi.
26. 2. Iqtisodiy siyosat masalalari
Taklif nazariyasi iqtisodchilari tomonidan taklif etilgan iqtisodiy dastur,
neoliberal bo`lib, davlat ulushining iqtisodiyotdagi hajmini qisqarishiga
yo`naltiriladi. Unda monetaristlarning ko`plab tavsiyalari takrorlanadi. Nima
bo`lganida ham, biz tilga olishimiz lozim bo`lgan qator farqlar ham mavjud.
Birinchidan taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalari asosiy e`tiborlarini soliq
yukini kamaytirishga qaratishgan. M. Fel`tstayn o`zining «Kapitalni
soliqqa
tortilishi» asarida (1983) yozganidek, aynan to`g`ri soliqqa tortish iqtisodiyotga
yana o`sish imkoniyatini berib, qolgan barcha masalalarni echishga asos bo`la
oladi (Yangi ish o`rinlari
yaratish, byudjet defitsiti masalasi echilimi, inflyatsiya
darajasi pasayishi). Ikkinchidan, ular davlat siyosat borasida siyosiy arboblarining
217
noratsional motivatsiyasi sababli mo„ayyan ratsional siyosatni amalga oshirishini
ham Shubha ostiga olishadi. Shu sababli monetaristlardan farqli o`laroq, ular
markaziy bankning to`g`ri mablag` siyosat yuritishiga umid qilishmaydi. Umuman
olganda taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalari monetaristlar qarashlarini ya`ni
inflyatsiya ishsizlik masalasini echa olmasligi borasida qarashlarni qabul qilishadi.
Ammo ular mazkur holatga nisbatan negativ munosabatda bo`lib, narxlar o`sishi,
zahira mablag`lari qadrlanishiga, hamda investitsiyalar
sekinlashishiga olib
kelishini aytib o`tishadi. Shuningdek munosabatda ular byudjet defitsitiga nisbatan
ham negativ munosabatlarini bildirishadi.
Soliq siyosati masalalariga keladigan bo`lsak, taklif iqtisodiy nazariyasi
namoyandalarining fikricha, birinchi navbatda,
investitsiyalardan olingan
daromadlarga nisbatan soliq stavkalari pasayishi kerak, ayniqsa Yangi
texnologiyalarga bo`lgan investitsiyalar, bu esa shaxsiy daromadlar o`sishiga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: