Abdulla sher axloqshunoslik


Axloqning asosiy xususiyatlari



Yüklə 10,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/209
tarix13.12.2023
ölçüsü10,65 Mb.
#139765
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   209
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

2. Axloqning asosiy xususiyatlari
Axloqning o ‘ziga xos xususiyatlari deganda biz uning qat’iy amrlik, 
m e ’yoriylik va baholash jihatlarini tushunam iz. Q at’iy am r о zini 
tutishdagi muayyan talabni, axloqiy qonun-qoidalami bajarishini taqozo 
etadi. U shaxs manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan muvofiqlashtiradi 
va jam iyat manfaatlari ustuvorligini ta ’minlaydi, ayni paytda shaxs 
erkinligini cheklamaydi, faqat o ‘zboshimchalikka yo‘l qo'ymaydi. Unga 
ko‘ra, biror inson ikkinchi insonga vosita deb qaramasligi lozim. Q at’iy 
am r tug‘ma axloqiy hodisa, uning talabi so‘zsiz va ixtiyoriy tarzda 
bajarilishi kerak; u ixtiyor erkinligi bilan zaruriyatning mutanosibligini 
ifoda etadi.
Ikkinchi xususiyat — axloqning m e’yoriylik jihati bilan bog‘liq. 
M e’yorlar, qonun-qoidalar, pand-o‘gitlar v.b. shakllar vositasida axloq 
boshqarish vazifasini bajaradi. Ular orqali kishilar faoliyati yo‘lga solinadi, 
fazilatlar asosida ijtimoiy munosabatlar amalga oshiriladi, individning 
axloqiy sifatlari jamiyat talablariga moslashtiriladi, tashqi d a’vat ichki 
yo‘nalmaga, shaxs m a’naviy dunyosining bir qismiga aylanadi, odamzod 
avlodlarining axloqiy aloqalari davom ettiriladi. Axloqiy m e’yorlarning 
ikki turi mavjud: xatti-harakatning yo‘l qo'yib b o ‘lmaydigan shakllarini 
anglatuvchi taqiqlar (odam o ‘ldirma, yolg‘on gapirma, o‘g‘irlik qilma
www.ziyouz.com kutubxonasi


va h.k.) va o ‘zni tutishning eng yaxshi ko‘rinishlariga d a ’vat (halol 
b o ‘l, rostgo‘y bo‘l, ezgu ishlar qil va h.k.).
Axloqning o ‘ziga xos uchinchi xususiyati esa insonning o ‘z xatti- 
harakatlariga munosabatini ichiga oladigan ichki baholashdan va inson 
xatti-harakatlarining boshqa kishilar ham da jamiyat tom onidan umum 
q ab u l q ilingan axloqiy m e ’y o rla r aso sid a b a h o la y d ig a n ta sh q i 
baholashdan tashkil topadi. Shunga ko‘ra, baholash ko‘rinishlari ham 
ikki xil bo'ladi. Birinchisi — ijobiy: m a’qullash, rozilik, ikkinchisi — 
salbiy: tanbeh va norozilik. Bu xususiyatlar faqat axloqqa xos. Shu 
bilan birga uning yana boshqa ikki xususiyati borki, ular nafaqat axloqqa, 
balki m a’naviyatning barcha sohalari uchun umumiylik tabiatiga ega. 
Ularga alohida to'xtalib o ‘tamiz.
Biz shu o ‘ringacha, e ’tibor qilsangiz, axloqni butun insoniyat uchun 
umumiy hodisa sifatida talqin etib keldik. Zotan, axloq eng aw alo, 
umuminsoniy an ’anaviy hodisadir. Asosiy axloqiy qadriyatlar, mushtarak 
axloqiy tushunchalar, axloqiy tamoyil va m e’yorlar barcha m intaqalar 
ham da millatlar uchun bir xil m a’no kasb etadi. C hunonchi, muhabbat, 
ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, 
odamiylik, baxt, to ‘g ‘rilik, rostgo'ylik, saxiylik va baxillik singari fazilat 
ham da illatlar tom m a’noda umuminsoniy hodisalardir. Zero, o'zbekcha 
ezgulik yoki yovuzlik, inglizcha vijdon, fransuzcha insonparvarlik, 
arabcha yolg‘on, deyish mumkinmi? Albatta, yo‘q.
Lekin, ayni paytda, axloqda umuminsoniylik jihatlaridan tashqari, 
mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari ham muhim aham iyat kasb etadi. 
Mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari axloqning nisbatan kichikroq 
qamrovga ega bo‘lgan ko‘rinishlarida — xulqiy xatti-harakatlar, odob 
va etiketda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, musulmon mintaqasida 
dasturxon ustida bosh kiyimsiz o ‘tirish beodoblik hisoblanadi. Buning 
odobdan tashqari gigiyenik-ozodalik nuqtayi nazaridan ham ahamiyati 
bor: ovqatlanish paytida ro‘molsiz ayol yoki d o ‘ppisiz erkak boshidan 
soch tolasi, qazg'oq, chang-gard taom ga yoki dasturxonga tushishi 
mumkin. Nasroniylar mintaqasida esa aksincha, dasturxon ustida bosh 
kiyimni yechmaslik Xudo in’om etgan taom va dasturxonga hurmatsizlik 
sanaladi. Yoki amerikalik yigit a ‘zi kresloda o ‘tirib, oyoqlarini kuldon 
va ichimlik ashyolari turgan stolchaga chalishtirib tashlab, orom oladi 
va uning uchun bu tabiiy hoi h iso blanadi.0‘zbek uchun esa stolga yoki 
xontaxtaga oyoq qo‘yib o ‘tirish — o ‘ta odobsizlik.
G ‘arbu Sharq mintaqalari odobida yana bir katta farq borki, bu
www.ziyouz.com kutubxonasi


hozirgi paytda G 'arbd a huquqning axloqdan, Sharqda axloqning 
huquqdan ustuvorligi masalasi. G ‘arb yoshlari balog‘atga yetgach, ota- 
onaga teng huquqli fuqarolar sifatida munosabat qiladi, o‘zining qarshi 
fikrini to ‘ppa-to‘g‘ri, ota yo onasining yuziga tik qarab bayon qiladi va 
buni inson huquqlaridan, shaxs erkinligidan foydalanish deb biladi. 
Sharq yoshlari, masalan, yapon yoki o‘zbek ota-onaga tik gapirishni, 
to ‘g‘ridan to‘g‘ri qarshi chiqishni an’anaviy axloqiy qoidalarning oyoqosti 
qilinishi deb tushunadi, padari yo volidasiga ko‘zini yerga tikib, muloyim, 
o‘z fikrini tovush ko‘tarmay aytishni, ba’zan esa sukut saqlashni afzal 
deb biladi, ularga bo‘ysunishni burch sifatida olib qaraydi. Afsuski, 
b a’zi G ‘arb mamlakatlarida keksa avlodni yoshlar huquqiy hayotiga, 
erkinligiga g‘ov deb bilish hollari mavjud. Bunga keyingi paytlarda 
Angliyada bir qancha yoshlar guruhlarining ko‘chada ketayotgan 
qariyalarni tutib do‘pposlashlari oqibatida yuzaga kelgan o ‘nlab sud
jarayonlari guvohlik beradi.
T o‘g‘ri, sharqona etiket, odobiy qonun-qoidalarning an anaviylik 
bilan bog‘liq, zamonaviy nuqtayi nazardan ba’zi nuqsli tomonlari bor. 
Lekin, shunga qaramay, ularda insoniylik va mehr-oqibat tuyg ulari 
mustahkam ildizga ega. G ‘arbda esa hozirgi paytda bunday fazilatlarni 
uchratish tobora g‘ayritabiiy holatga o‘xshab qolayotir. Shu bois endilikda 
G ‘arbning huquqiylik tamoyilini Sharqning axloqiylik tamoyili bilan 
uyg‘unlashtirish zamonaviy jamiyat taraqqiyotida muhim rol о ynaydi.

Yüklə 10,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin