Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni shundaki, nodem okratik
tuzumlarda belgilangan o‘lim jazosi kamdan kam hollarda adolatli hukm
bo‘lib chiqadi.
Chunonchi, Lenin, Stalin, Franko, H itler, Pol Potlar
hukmronligida millionlab odam larning qatl etilishi yoki shu yaqin-
yaqinlarda, sho'rolar tuzumi davrida 0 ‘zbekistonda o ‘tkazilgan «Paxta
ishi» deb nomlangan qatag‘on paytida otishga hukm qilinganlarning
taqdiri bunga yaqqol misol bo ‘la oladi. Ana shu davrlarda o ‘limga hukm
qilinganlarning juda ko‘pchiligi keyinchalik oqlandi,
ular gunohsiz deb
topildi. Lekin hukm ijro qilib b o ‘lingan: nohaq jazolangan — qatl etilgan
insonlar adolat tantanasini ko‘rolmaydilar.
U chinchidan, hatto dem okratik jamiyatlarda sudlam ing ham m a
vaqt ham yuz foiz to ‘g‘ri va adolatli hukm chiqarishiga kim .kafolat
beradi — hakam lar ham inson, ham m a qatori xato qilishi mumkin.
Jamiyatning keyingi pushaymonidan qatl etilgan odam ga nim a foyda?
Bu misollarning hammasida o ‘lim - tor huquqiy jazo doirasidan
chiqib ketadi ham da tarix da aldangan,
adashgan in so n iy atn in g ,
jamiyatning va shaxsning axloqsizligi sifatida baholanadi. Shu jihatdan
qaraganda, hozirgi paytdagi ko'pgina demokratik m am lakatlarda o ‘lim
jazosining bekor qilinishini o ‘sha jamiyatlar axloqiy darajasi bilan bog‘liq
ijobiy hodisa deyish mumkin. Bizning mamlakatimizda ham bu borada
dadil qadam lar qo‘yilganligi — aw al yosh nuqtayi nazaridan o ‘lim
jazosini qo‘llashning chegaralanganligi (60 yoshgacha), keyinroq esa
uni butunlay bekor qilishga qaratilgan insonparvarlik harakatlari
q uvonarli voqea.
Bu n afaq at bizga, balki Y er y u zid ag i b arch a
mamlakatlarga taalluqli m uhim , umumjahoniy muam m o.
S h u n d ay q ilib , ax lo q sh u n o siik o ld id a an a s h u n d a y , to b o ra
globallashib borayotgan axloqiy muammolarni
hal etishda yetakchilik
qilish vazifasi turibdi. Zero, mazkur global muammolarni bugungi kunda
ax loq sh u no slik ning ah am iy atin i belgilab b eru v ch i b a ro m e trla r,
deyishimiz mumkin. Chunki ular faqat milliy-mintaqaviy m uam m olar
bilan dialektik aloqada hal etilishi mumkin. Ya’ni, axloqiy insondan,
axloqiy insoniyatga o ‘tish qanchalik
tez va samarali am alga oshsa,
odamzod uchun o'zini ham o ‘z sayyorasini ham asrab qolish imkoni
shuncha oson reallashadi.
Dostları ilə paylaş: