15- amaliy mashg‘ulot. Halol sertifikatlashtirish idoralariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 223,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix10.12.2023
ölçüsü223,81 Kb.
#139599
  1   2
15-amaliyot



15- Amaliy mashg‘ulot. Halol sertifikatlashtirish idoralariga qo‘yiladigan 
talablar. 
 
Dunyoda axoli sonining ortib bugungi kunda yorligida “Halol” standarti 
bitilgan maxsulotlarga dunyoning ko‘plab davlatlari, xususan Xitoy, Hindiston, 
Yevropa ittifoqi, AQSH, MDX davlatlari, Buyuk Britaniya, Arab davlatlari, 
Avstriya, Kanada, Lotin Amerikasi davlatlari, YAngi Zellandiya, Tailand kabi 
mamlakatlarda xam e’tibor kuchayib bormoqda. 
Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, 2025 yilda xalol maxsulotlarning ulushi 
dunyoda ishlab chiqarilgan maxsulotlarning kamida 20 foizini, 2030 yilga borib 
esa 25 foizini tashkil etar ekan. Bugungi kunda MDH davlatlari, Saudiya 
Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Iordaniya, Misr, Baxrayn kabi 
musulmon mamlakatlarga “Xalol” belgisi ostida o‘z maxsulotlarini eksport 
qilayotgan yoki xizmat ko‘rsatayotgan davlatlar soni ortib bormoqda. Masalan,
dunyoga mashxur Nestle, McDonald’s, KFC, TESCO kompaniyalari ushbu 
standart asosida maxsulot ishlab chiqarishni targ‘ib xam qilishmoqda.
AQSHda musulmon diniga mansub axolining ortib borishi evaziga “Halol” 
maxsulotlar ishlab chiqarish xam ko‘payib borayotganini kuzatish mumkin. 
Bundan tashqari Qo‘shma SHtatlarning bog‘chalari, maktablari, davlat va nodavlat 
tashkilotlarida, fuqaro aviatsiyasi xizmatidan foydalanayotgan yo‘lovchilar orasida 
ham “Xalol” asosida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ma’qul ko‘radiganlar 
soni ortib bormoqda. 
“Halol” standartini yurtimizda joriy etilishi, avvalo O‘zbekistonda ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, uning sifat 
jihatdan biror davlat mahsulotidan kam emasligiga ishora bo‘lishi bilan birga
ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi va xajmini yanada oshishida muhim rol uynaydi. 
Ayniqsa, respublikamizga sayyoxlar oqimining yil sayin ortib borayotgani, 
dunyoning o‘nlab musulmon davlatlaridan yurtimizga ziyorat turizmiga 
oshiqayotgan sayyoxlar uchun “Halol” standartining qabul qilinishi beqiyos 
ahamiyat kasb etadi. 
Endigi vazifa esa ushbu standart talablari asosida mahsulotlarga muvofiqlik 
sertifikati taqdim eta oladigan “Halol” va malakali mahalliy mutaxassislarni tezrok 
tayyorlash hamda ularning sonini mumkin qadar oshirishdan iborat. 
“O‘zstandart” agentligi tomonidan “Halol” standartining qabul qilingani esa 
tabiiyki tadbirkorlarimiz zimmasiga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda 
ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati, ularning xavfsizligini yanada yuqori darajaga 
ko‘tarish talabini qo‘yadi. Bu esa avvalo xalqimiz, Vatanimiz kelajagi, uning 
farovonligini ta’minlashga xizmat qilishi barobarida mahalliy mahsulotlarimiz 
eksporti hajmining ortishi, ularning tashqi bozordan mustahkam o‘rin olishiga 
katta hissa qo‘shadi. 
“Xalol” sertifikatlashtirish idoralariga qo‘yiladigan talablar 
O‘z DSt 3301:2018 O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti asosida 
amalga oshiriladi.Standartda quyidagi atamalar keltirilgan:

“Halol” sertifikat - “Halol” mahsulot va xizmatlarni sertfikatlashtirish uchun 
Xalol sertifikatlashtirish idoralari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar. 



“Halol” sertifikati bo‘yicha vakolatli idora – standartda qayt etilgan va islom 
qadriyatlari asosidagi masalalarni nazorat qiluvchi idoradir. 

auditor - “Halol”, sertifikatlashtirish idorasi tomonidan rasmiy ravishda 
tayinlangan, ishlab chiqarish texnologiyasi yoki tegishli tarmoqning aniq bir halol 
protsedurasi va talablari auditini o‘tkazadigan texnik kompitetnga ega shaxs.
“Halol” sertifikatlashtirish idorasi quyidagi me’yoriy xujjatlar asosida faoliyat 
ko‘rsatadi: 

O'z DSt ISO/IEC 17025

sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentliligiga qo‘yiladigan umumiy 
talablar ; 

O'z DSt ISO 19011

ichki auditlarni tashkillashtirish va o‘tkazish;

O'z DSt ISO/IES 17021

muvofiqlikni baholashmenejment tizimlarining auditi va sertifikatlashtirishni 
amalga oshiradigan idoralarga qo‘yiladigan talablar.
“Halol” sertifikatlashtirish idorasi: 
Mahsulotlarning musulmonchilikka to‘g‘ri 
bo‘lishi; 

”Xalol” mahsulotlar to‘g‘ri yetkazib berilayotganligini chuqur his etishi ; 

islom talablariga rioya etilishi ; 

namunalar olish;

sinovlar va tekshirishlarni amalga oshiradi.
“Halol” sertifikatlashtirish idorasi faoliyat yuritayotgan mamlakatda tan olingan 
diniy ulamo xolislikni ta’minlash ko‘mitasi/kengashi a’zosi etib tayinlanishi lozim. 
Diniy ulamo islom printsiplarini va ”Halol” sertifikatlashtirish uchun amalga 
oshirilayotgan choralarni hamda islom nuqtai nazaridan ”Halol” sertifikatlashtirish 
qoidalari, protseduralarini va siyosatini ko‘rib chiqishda muhim o‘rin egallashi 
kerak. 
Diniy ulamo, islom aqidalariga, amallariga va tushunchalariga nomuvofiq 
xolatlarda vujudga keladigan xolislikka taxdid qiladigan xar qanday muammolarni 
nazarda tutishi va tahlil qilishi lozim. 
“Halol” sertifikatlashtirish idorasi, shartnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok 
etadigan xodimlarni quyidagi yo‘nalishlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llay 
olishi kerak:
a) oziq-ovqat zanjiri toifalari va boshqa tarmoqlardan murojaatchilarning 
tasnifini;
b) buyurtmachining mahsulotlarini va/yoki xizmatlarini, qayta ishlash 
jarayonlarini va amaliyotinii baholash;
s) “Halol” sertifikatlashtirish auditorlari vakolatlari va talablarini kengaytirish; 
d) audit vaqtiga ko‘yiladigan talablarni belgilash va uning davomiyligi 
ta’minlash; 
e) “Halol” sertifikatlashtirish idorasining shartnomalarni ko‘rib chiqish siyosati 
va protseduralari; 
Halol” sertifikatlashtirish idorasining sertifikat beruvchi guruxi, o‘z bilim va 
ko‘nikmalarini quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llay olishini ta’minlashi kerak:
a) O‘zDSt 3286 mavjud printsiplarini “Halol” sertifikatlashtirishga; 


b) “Halol” sertifikatlashtirishga talluqli islom qoidlariga; 
s) “Halol” talablari uchun xavflarni aniqlash va baholash;
d) “Halol”ga tegishli bo‘lgan masalalarda qo‘llaniladigan to‘g‘irlash va to‘zatish 
xarakatlariga;
e) “Halol” mahsulotlar/xizmatlar bilan bog‘liq barcha qonun va qoidalarga;
g) mahsulotga, qayta ishlashga va amaliyotga;
h) tegishli standartlar.
“Halol” sertifikatlashtirish bo‘yicha texnik auditorlarga qo‘yiladigan talablar: 

“Halol” sertifikatlashtirish bo‘yicha audit o‘tkazadigan sanoatning tegishli 
tarmoqlari bo‘yicha o‘quv kurslari asosida yuqori yoki tegishli darajadagi 
malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.

islomiy bilimga ega bo‘lishi hamda sertifikatlashtirish hujjatlari bo‘yicha 
malaka oshirishlari va spetsifikatsiyasini, texnik hujjatlarni o‘rganishi kerak.

auditorlik tekshiruvi o‘tkazishi kerak bo‘lgan tegishli sanoat tarmoqlarida 
yuqori malaka yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lishlari talab qilinadi. 
“Halol” sertifikatlashtirish idorasi texnik auditorlarni quyidagi yo‘nalishlarda 
malaka oshirish bo‘yicha muvoffaqiyatli o‘tishini ta’minlaydi:
a) O‘zDSt ISO 19011 standartiga asoslangan audit metodlari; 
b) tegishli oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimi (O‘zDSt ISO 22000);
s) OIC/SMIIC halol standartiga asoslangan halol sertifikatlashtirish bo‘yicha 
o‘quv kurslarini muvaffakiyatli yakunlanishiga ishonch xosil qilishlari kerak.
Texnik auditor tegishli sohada kamida besh (5) yil, jumladan sifatni ta’minlashi 
bo‘yicha kamida ikki (2) yil ishlagan bo‘lishi kerak. 
18.1-rasm. “Xalol” yorligi ko‘rinishi. 
“Xalol” yorligi bilan tamg‘alash tartibi. Xalol” sertifikati muddatini o‘zaytira 
olmagan sertifikat egalariga, “Xalol” yorlig‘idan foydalanish ta’qiqlanadi.

“Xalol” yorliqlari barcha sertifikatlangan “Xalol” mahsulotlarning 
qutisida/o‘ramida aniq ravishda muhrlanadi.

kompaniyalarga, 
yorliqning 
asl 
dizaynini 
o‘zgartirmagan holda, 
mahsulotning o‘ramiga mos rangda qo‘llanilishiga ruhsat etiladi.

“Halol” yorlig‘ini/sertifikatini, “Halol” sertifikatga ega bo‘lgan umum 
ovqatlanishning faqat kirish qismida foydalaniladi.



“Xalol” sertifikatini asli yoki nusxasini o‘zgartirmasligi, sertifikatni va/yoki 
inspektsiya qarorini “Halol” sertifikatlashtirish idorasi nazoratisiz boshqa tillarga 
o‘girmasligi kerak.
Audit o‘tkazish tartibi: 


Yüklə 223,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin