O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/107
tarix13.12.2023
ölçüsü3 Mb.
#140177
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92

Kodlar kitobi. 
Kodlar kitobi ko‗rinishidagi klassik shifrlash birinchi jaxon 
urushi davrida ommalashgan. Kodlar kitobi lug‗atga o‗xshash kitob bo‗lib, 
so‗zlardan (ochiq matn so‗zlari) va unga mos bo‗lgan kod so‗zlardan (Shifrmatn) 


51 
tashkil topgan. shifrlash uchun ushbu kodlar kitobidan zarur bo‗lgan so‗z 
aniqlanadi va unga mos bo‗lgan kod so‗z shifrmatn sifatida olinadi. Deshifrlashda 
esa ushbu jarayonning teskarisi amalga oshiriladi. YA‘ni, kodlar kitobidan 
shifrmatndagi kod so‗z topiladi va ochiq matn sifatida unga mos bo‗lgan so‗z 
tanlanadi. Birinchi jaxon urushi davrida Nemislar tomonidan foydalanilgan kodlar 
kitobi na‘munasi quyidagi jadvalda keltirilgan: 
1.7-jadval 
Очиқ матн 
Шифрматн 
Februar 
13605 
fest 
13732 
finanzielle 
13850 
folgender 
13918 
Frieden 
17142 
Friedenschluss 
17149 
Masalan, ―Februar‖ so‗zini shifrlash uchun butun so‗z 5-belgili kod so‗z 
13605 bilan almashtirilgan. Yuqorida keltirilgan kodlar kitobi, shifrlash uchun 
foydalanilgan bo‗lib, deshifrlash uchun kod so‗zlar ustuni bo‗yicha tartiblangan 
ko‗rinishdagi kod so‗zlar kitobidan foydalanilgan. Kod so‗zlar kitobi o‗rniga 
qo‗yish akslantirishiga asoslangan bo‗lib, bunda bir belgi emas balki butun so‗z, 
ba‘zida esa butun boshli ibora o‗rniga kod so‗z qo‗yilgan. 
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan kod so‗zlar mashhur Zimmermann 
telegramini shifrlash uchun foydalanilgan. 1917 yilda birinchi jaxon urishi davrida, 
Germaniya tashqi ishlar vaziri Artur Zimmerman Germaniyaning Meksikadagi 
elchisiga shifrlangan ko‗rinishdagi telegram yuboradi. 1.6-rasmda keltirilgan 
shifrlangan xabar Britaniyaliklar tomonidan tutib olinadi. Bu vaqtda Britaniya va 
Fransiya Germaniya bilan urushayotgan va AQSH esa betaraf holatda edi. 
1.6-rasm. Zimmerman telegrami 


52 
Ruslar tomonidan Nemislar kodlar kitobini zarar etgan versiyasi tiklanadi va 
Britaniyaga yuboriladi. Murakkab tahlildan so‗ng, Britaniyaliklar Zimmerman 
telegrami yozilgan vaqtidagi kodlar kitobidagi bo‗shliqlarni to‗ldirishadi va uni 
deshifrlashadi. Telegramda aytilishicha, Germaniya hukumati cheklanmagan 
suvosti urushi boshlanishini rejalashtirmoqda va bu AQSH bilan urushga olib 
kelishi mumkin degan xulosaga kelinadi. Natijada, Zimmerman o‗z elchisiga 
Meksikani AQShga nisbatan urushda Germaniya ittifoqchisi bo‗lishga undashi 
kerakligini aytadi. Xususan, Meksika Texas, Yagni Meksika va Arizona 
shtatlaridagi hududlarini qaytarib olishga undagan. AQShda ushbu telegramma 
oshkor bo‗lgandan so‗ng, jamoatchilik Germaniyaga qarshi turdi va shundan 
so‗ng AQSH urushga kiradi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin