44
V W X Y Z
D I P L O M A T
B C E F G H J K N Q R S U
Natijada, berilgan matnning harflariga
mos almashtiruvchi harflar
aniqlanadi. Agar ochiq matn TOVAR KELDI bo‗lsa, shifrlashdan so‗ng
JCNVG MZAYL matniga aylanadi.
Kriptografik akslantirishlar
Odatda kriptgrafiyada ma‘lumotlarni shifrlashda (deshifrlashda) quyidagi
ikki turdagi akslantirishshlardan foydalaniladi. Ulardan biri o‗rniga qo‗yish
(substitution) akslantirish bo‗lsa, ikkinchichi o‗rin almashish (permutation)
akslantirishidir.
O‘rniga qo‘yish akslantirishi
. Ushbu akslantirish
sodda va zamonaviy
simmetrik kriptografik algoritmlarning asosi hisoblanadi. O‗rniga qo‗yish
akslantirishida, ochiq matn belgilari bir alfavitdan olinib, unga mos shifrmatn
boshqa bir alfavitdan olinadi. Sodda ko‗rinishda olingan o‗rniga qo‗yish
akslantirishi asosida shifrlash uchun olingan matn quyida keltirilgan.
Ushbu sodda
shifrlash usuli Sezar nomi bilan mashhur. Masalan, agar ochiq matn ―HELLO‖ ga
teng bo‗lsa, unga mos holda shifrmatn ―KHOOR‖ ga teng bo‗ladi. Mazkur holda
shifrmatn alifbosi ochiq matn alifbosidan 3 ga surish natijasida hosil qilingan va
shuning uchun shifrlash kalitini 3 ga teng deb qarash mumkin. Deshifrlash
jarayonida esa shifrmatn belgilari
shifrmatn alifbosidan olinib, unga mos ochiq
matn alifbosidagi belgiga almashtiriladi. Masalan, shifrmatn ―ILUVW‖ ga teng
bo‗lsa, unga mos ochiq matn ―FIRST‖ ga teng bo‗ladi.
1.1-jadval.
Ochiq
matn
A
B
C
D
E
F
G
H
I
J
K
L
M
N
O
P
Q
R
S
T
U
V
W
X
Y
Z
Shif
r
matn
D
E
F
G
H
I
J
K
L
M
N
O
P
Q
R
S
T
U
V
W
X
Y
Z
A
B
C
O‗rniga qo‗yish akslantirishida ochiq matndagi
belgilar shifrmatnda
bo‗lmasligi mumkin. Biroq, ochiq matndagi belgilarning takrorlanish chastotasi
shifrmatndagi belgilarda ham bir xil bo‗ladi (ko‗p alifboli o‗rniga qo‗yish usullari
bundan mustasno). Masalan, yuqoridagi misolda ochiqmatndagi ―L‖ harfining
takrorlanish chastotasi 2 ga teng. Uning o‗rniga qo‗yilgan shifrmatndagi ―O‖
harfining ham takrorlanish chastotasi 2 ga teng. Bu
holat ochiqmatndagi qolgan
belgilar uchun ham o‗rinli.
45
O‗rin almashtirish akslantirishi. Ushbu akslantirishga ko‗ra, ochiq matn
belgilarining o‗rni biror qoidaga ko‗ra o‗zaro almashtiriladi. Bunda ochiq matnga
ishtirok etgan belgilar shifrmatnga ham ishtirok etib, faqat ularning o‗rni
almashgan holda bo‗ladi (1.5-rasm).
Dostları ilə paylaş: