Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Mazkur keysning asosiy maqsadi 
– O`zbekistonda tabiiy monopoliyalarni tartibga 
solishning o`ziga xos xususiyatlari hamda usullarining samaradorligini baholashdan iborat. 
O`quv faoliyatidan kutilayotgan natijalar:
tabiiy monopoliyalarning iqtisodiy mazmuni, 
ob`ektiv asoslari va amal qilish xususiyatlari to`g`risidagi bilimlarni yanada chuqurlashtirish
tabiiy monopoliyalarni tartibga solish zarurligi hamda usul va vositalari bo`yicha bilimga ega 
bo`lish; O`zbekistonda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish xususiyatlari bilan tanishish; tabiiy 
monopoliyalarni tartibga solish usullarining samaradorligini belgilovchi ko`rsatkich va mezonlarni 
aniqlash; tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarining samaradorligini baholash. 
Keysning muvaffaqiyatli hal etilishi uchun 
monopolistik hukmronlik, monopoliyalarning 
turlari va vujudga kelish shart-sharoitlari; monopoliyalarning iqtisodiyotdagi o`rni, ijobiy va 
salbiy jihatlari; tabiiy monopoliyalarning iqtisodiy asoslari, amal qilish xususiyatlari; tabiiy 
monopoliyalarni tartibga solish usul va vositalari to`g`risida bilimlarga ega bo`lish taqozo etiladi. 
 
11
Каримов И.А. Иқтисодиётни эркинлаштириш, ресурслардан тежамкорлик билан фойдаланиш – бош йўлимиз. «Халқ сўзи», 2002 йил 15 
февраль, 34-сон, 2-бет.


1. MONOPOLIYANING IQTISODIY MAZMUNI, OMILLARI VA TURLARI 
1.1. MONOPOLIYA VA UNING VUJUDGA KELISH SABABLARI
Monopoliya tushunchasiga turli o`quv adabiyotlarida turlicha ta`rif beriladi. Jumladan, ba`zi 
o`rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo`jalik faoliyatini 
amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»
12
sifatida qaralsa, boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu 
sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba`zi adabiyotlarda – yakka) hukmronlik 
holati»
13
deb ta`riflanadi. Bu ta`riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har qanday yoki 
yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni 
quyidagicha ta`riflash o`rinli deb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori narxlarni o`rnatish 
hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot 
ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning 
birlashmalari. 
Monopoliyalarning vujudga kelishida bir qator omillar ta`sir ko`rsatadi: 
1) ishlab chiqarishning to`planishi; 
2) davlatning protektsionistik bojxona siyosati
3) banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin