Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo`nalishlar bo`yicha
amalga oshiriladi:
- ishga yollashning minimal standartlarini qonuniy belgilash;
- ish vaqtining uzunligi,
ish haqi, boshqa to`lov va imtiyozlar;
- mehnat sharoiti va xavfsizligini ta`minlash sohasidagi norma (me`yor)larni qonuniy
belgilash;
- shaxslarni ma`lum turdagi mehnat faoliyati bilan shu`gullanishlariga qonuniy ruxsat berish
va cheklash;
- ish beruvchi va xodimlarning faoliyatini fuqarolik huquqi hamda mehnat qonunchiligi
asosida tartibga solish.
O`zbekiston Respublikasida mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta`minlash
strategiyasi
quyidagilarni amalga oshirishni ko`zda tutadi:
- fuqarolarning mehnat qilish, tadbirkorlik, iqtisodiy faoliyat sohasi va turini hamda kasbni
tanlash erkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqlarini ta`minlash;
- mehnat faoliyati motivatsiyasining kuchli mexanizmini joriy etish, aholi iqtisodiy faolligini
oshirish
uchun sharoitlar yaratish;
- amalda mehnat bozorini shakllantirish, mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari va
faoliyat sohalari bo`yicha erkin taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi uchun sharoitlar yaratish
1
.
Davlat mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta`minlanishi darajasiga hamda mehnat, ya`ni
ishchi kuchi bozoriga faol yoki passiv ta`sir ko`rsatadi. Passiv ta`sir choralariga ishsizlik bo`yicha
turli nafaqa va to`lovlar kiradi. Mehnat bozoridagi faol siyosatni
amalga oshirishning asosiy
choralar tadbiri esa quyidagilar:
- ish izlovchilarni ishga joylashtirish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish;
- ishlovchi va ishsizlarni o`qitish, kasbga qayta tayyorlash;
- bevosita ish joylarini yaratish;
- doimiy ish bilan bandlikni subsidiyalashtirish;
-
tadbirkorlikni, shu jumladan, o`z korxonalarini, ishbilarmonlik faoliyatini boshlamoqchi
bo`lgan ishsizlarni qo`llab-quvvatlash;
- jamoat
ishlarini tashkil etish
1
.
Ushbu umumqabul qilingan vazifalarni amalga oshirish uchun O`zbekistonda 1992 yil 31
yanvarda “Aholini ish bilan ta`minlash to``grisida” Qonun qabul qilingan bo`lib, unga 1993-1995
yillar davomida qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan edi. 1996-1998 yillarda qabul
qilingan Mehnat kodeksi, “Ta`lim to``grisida”gi, “Fermer xo`jaligi to``grisida”gi, “Dehqon
xo`jaligi to``grisida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiqlashtirish maqsadida
1998 yil 1 mayda ushbu Qonun yangi tahrirda qabul qilingan.
Bugungi kunda O`zbekistonning deyarli barcha xududlarida ishchi kuchi ortiqchaligi mavjud
va ishchi kuchi bozorida taklif talabdan yuqoridir. Shu bois ishlashni xohlovchilarning mehnat
bozorida erkin harakat qilishlari va mustaqil ish bilan ta`minlanishlari uchun
davlat fuqarolarga bir
qancha kafolatlarni nazarda tutadi. Ya`ni davlat:
- ish bilan ta`minlash turini, shu jumladan, turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;
- ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini
`gayriqonuniy ravishda bekor
qilishdan himoyalanish;
- maqbul ishni tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berish;
- har kimga kasbga va ishga ega bo`lishda, mehnat qilish va ish bilan ta`minlanish shart-
sharoitlari, mehnatga haq to`lash, xizmat po`gonasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar
yaratish;
- yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o`qitish, mahalliy mehnat organlari yoki ularning
yo`llanmasi bilan boshqa o`quv yurtlarida stipendiya to`lab
malakasini oshirish;
1
Доклад о человеческом развитии. Узбекистан 1997 г. –Т., 1998. – С 55-56.
1
Рынок труда и социальная политика в Центральной и Восточной Европе. / Переходный период и дальнейшее
развитие. Под ред. Николоса Бара. –М.: ИКЦ «Дис» 1997. – С. 223-234.
- boshqa joydagi ishga qabul qilinganda sarf qilingan moddiy xarajatlar uchun qonun
hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to`lash;
- haq to`lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish
imkoniyatini kafolatlaydi.
Hozirgi vaqtda O`zbekistonda mehnat bozorini boshqarishda bir qator yo`nalishlar mavjud
bo`lib, ular aholi bandligi davlat xizmatiga taalluqlidir. Bu xizmatning asosiy vazifasi mehnat
bozori haqidagi axborotni tarqatish hisobiga mehnat bozorining faoliyat ko`rsatish samaradorligini
oshirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: