Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


BOZOR IQTISODIYOTIDA DAVLATNING MAKROIQTISODIY MUVOZANAT



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

12. BOZOR IQTISODIYOTIDA DAVLATNING MAKROIQTISODIY MUVOZANAT 
TA`MINLASH VA INQIROZGA QARSHI SIYOSATI.
12..1. Makroiqtisodiy muvozanat va uning namoyon bo`lish shakllari. 
Iqtisodiyotdagi barcha murakkab takror ishlab chiqarish aloqalari makroiqtisodiy 
muvozanat zaruratligini oshiradi. Makroiqtisodiy muvozanat davlatning boshqaruvi ta`sirisiz 
ijobiy natijalarga erisha olmaydi. Bozor iqtisodiyoida bunday muvozanatni namoyon bo`lishining 
muxim shakli bo`lib, ja`mi talab va ja`mi taklif barqarorligi hisoblanadi. Ushbu barqarorlik usuli 
bo`yicha birqancha kontseptsiyalar mavjud. Ma`ruzaning asosiy vazifasi barqarorlikka 
erishishning asosiy yo`llarini va kontseptsiyalarda e`tirof etilgan barqarorlik samaralarini ochib 
berish. 
Birinchi galda ob`ektiv qonuniyat, ya`ni jamiyat daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi 
muvozanatning zarurati makrodarajada yuzaga keladi. Bu muvozanatning aniq shakli bo`lib, ja`mi 
taklif (yaratilgan YaIM) va ja`mi talab (iste`mol etilgan YaIM) o`rtasidagi muvozanat hisoblanadi. 
Bozor mustaqil holda, davlat aralashuvisiz ta`kidlangan muvozanatni ta`minlay olmaydi. 
Ja`mi talab va ja`mi taklif o`rtasidagi muvozanat yuzaga kelgan sharoitdagina 
makroiqtisodiy muvozanatga erishiladi. Ja`mi talab va ja`mi taklif o`rtasidagi mutanosiblikda 
ne`matlarni oldi-sotdisi, ma`lum bir muddat davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan va 
yakuniy iste`mol etishga yo`naltirilgan jam`garish, iste`mol va sof eksport bilan bo`gliq ja`mi 
munosabatlar yi`gindisi namoyon bo`ladi. Bu esa tovar va xizmatlar bozori tushunchasidan 
xususiy bozorlar yi`gindisi (poyafzal bozori, gazlama bozori, qurilish mollari bozori, qishloq 
xo`jaligi maxsulotlari bozori va b.) tushunchasini farqli ekanini bildiradi. Xususiy bozorlarda 
oraliq maxsulotlarning (xom ashyo, material, yoqil`gi va b.) oldi-sotdi joylari mavjud. 
Butun iqtisodiyot darajasida o`zaro bo`gliqlikdagi bozorlarning (ishlab chiqarish omillari 
bozori, mehnat bozori, pul bozori, moliya bozori va b.) umumiy tizimida tovar va xizmatlar bozori 
markaziy zveno bo`lib hisoblanadi. 
Iqtisodiyotda ja`mi talab va ja`mi taklif chambarchas bo`gliqlikda uchraydi. Ja`mi talab – 
bu mavjud daromadlar va narxlar darajasida talab eta olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar 
xajmidir. Ja`mi taklif – bu mavjud narxlar darajasida ishlab chiqarilgan va taklif etilgan tovar va 
xizmatlar umumiy miqdoridir. Ja`mi talab – bu iste`mol tovarlariga va xizmatlarga va investitsion 
tovar va xizmatlarga bo`lgan talab. Ja`mi taklif ishlab chiqarilgan YaIM ga teng bo`lib, ja`mi talab 
uning iste`mol etilgan qismidir. 
Iqtisodiyotning sektorlari va ularning xarajatlariga mos ravishda ja`mi talabning tarkibiy 
qismi quyidagicha: 
1.
Uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari; 
2.
Xususiy sektorning investitsion xarajatlari; 
3.
Davlat byudjeti tashkilotlarining tarkibi va ularni rivojlantirish uchun investitsiya va 
moddiy sarflarga davlat xarajati; 
4.
Sof eksport 
Ba`zi adabiyotlarda ja`mi talab tarkibining uchinchi qismida keltirilgan davlat byudjeti 
tashkilotlariga qilinadigan sarflar va moddiy investitsiya davlat xarajatlari davlat haridi deb ham 
yuritiladi. U quyidagilarni o`z ichiga oladi: davlat investitsiyasi, milliy mudofaaga xarajatlar
davlat tashkilotlari xodimlariga ish haqlari va h. Bu o`rinda davlat tashkilotlari xodimlariga 
beriladigan ish haqlari uy xo`jaliklarini iste`mol xarajatlariga sarfini aks ettiradi bu esa ikki 
marotaba hisoblashni keltirib chiqaradi. Uy xo`jalaiklarining iste`mol xarajatlari, xususiy 
sektorning investitsion xarajatlari, davlat xaridi va sof eksport yi`gindisi iste`mol etilgan YaIM 
miqdoridan ko`p bo`lishini keltirib chiqaradi.Taklif etilayotgan ja`mi talab tarkibi haqiqatga 
yaqinroqdir. U takror hisoblashdan xoli. 
Ja`mi talabda investitsiya xususiy sektorda qanday bo`lsa davlatda ham shunday hisobga 
olinadi. Shu sababli makroiqtisodiy investitsiya mikroiqtisodiydan farqlanadi. Shuday ekan uy 
xo`jaliklari va firmalar uchun investitsiya nafaqat real kapitalga qo`yilma qilish balki moliyaviy 


aktivlarga qo`yilma qilish ham hisoblanadi(aktsiya, obligatsiya va b. qimmatli qo`gozlar). 
Makroiqtisodiy nuqtai nazarda moliyaviy aktivlarni (qimmatli qo`gozlar va b.) sotib olish 
investitsiya hisoblanmaydi. Investitsiya makroiqtisodiy nuqtai nazarda faqat real kapital harid 
qilish va asosiy kapitalga mehnatni yollash hisoblanadi. 
Ja`mi talab xajmi bir qator omillarga bo`gliq, ular quyidagilar: uy xo`jaliklarini ishkuini 
sotishdan olgan daromadlariga, yakka tartibdagi tovar ishlab chiqarish faoliyatiga, soliqqa tortish 
xajmiga, mamlakatdagi narxning umumiy darajasiga, muomaladagi naqd pul miqdoriga, narx 
o`zgarishining kutilishiga, kutilayotgan foydga, bank kredit foizlarining usishiga va b. 
Ja`mi talab va narx darajasi o`rtasidagi bo`gliqlik teskari, biroq ja`mi taklif va narx darajasi 
to``gri bo`glangan, ya`ni narx darajasi qancha yuqori bo`lsa, shuncha taklif ko`p bo`ladi. 
Ishlab chiqarishga ta`sir etuvchi omillar bu ja`mi taklifga ham ta`sir etuvchi omillar 
hisoblandi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin