Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Klassik va Keynschilik nazariyalarida ja`mi talab va ja`mi taklif tengligini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

122. Klassik va Keynschilik nazariyalarida ja`mi talab va ja`mi taklif tengligini 
ta`minlashda davlatning roli haqida. 
Klassik siyosiy iqtisod namoyondalari bozorning o`zi umumiqtisodiy muvozanatni 
ta`minlaydi, bu o`rinda davlatning aralashuvini shart emas deb hisoblaydilar. Ularning 
kontseptsiyasiga ko`ra umumiqtisodiy muvozanat asosida J.B.Seyning «bozor qonuni» yotadiga, 
unga ko`ra taklif etilgan tovar o`zida talabni yuzaga keltiradi, ya`ni ma`lum xajmda ishlab 
chiqarilgan tovarlar avtomatik tarzda yaratilgan tovarlar qiymatiga mos daromadni keltiradi, 
faqatgina ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish lozim bo`ladi. Bu qonun noaniq bo`lgan taklifdan, 
ya`ni tovarlarni sotishdan olingan barcha daromadlar, albatda boshqa tovarlarni sotib olishga 
sarflashdan kelib chiqadi. Agar daromadning bir qismi tovarlarni sotib olishga sarf etilmasachi, u 
holda ja`mi taklif va ja`mi talab o`rtasidagi muvozanatni buzilishiga olib keladi. Sey qonuni 
qo`shimchalari yuqoridagi muammoni xal etish uchun quyidagilarni taklif etadi: ushbu 
muvozanatni foiz stavkalari, ish haqlarini o`zgarishi va narx darajasini o`zgarishi orqali o`zini-o`zi 
tartibga soladi. Klassik siyosiy iqtisodchilarning fikriga ko`ra bu ko`rsatkichlarning 
moslashuvchanligi bozorda talab va taklif muvozanatini ta`minlaydi va shu yo`l bilan bozor 
mexanizmi milliy iqtisodiyot darajasida yuzaga keladigan nomuvofiqlikni bartaraf etadi. Davlat 
aralashuvi kerak bo`lmay qoladi. 
20 yillarning oxiri va 30 yillarning boshida XX asrlik kapitalistik iqtisodiyot kuchli va 
uzoq muddatli makroiqtisodiy tengsizlik bilan to`qnashdi (inqiroz 1929-1933 y.). 100 yil 
muqaddam shakllangan Klassik siyosiy iqtisod XX asrning 30 yillarida bo`lgan inqiroz 
jarayonlarini tushuntirib berishga ojizlik qildi. Dj. Keyns ushbu holatni yoritishga xarakat qildi. 
Keynsning fikricha ja`mi talab (xarajat) 4 qismdan tashkil topadi: 
1.
Shaxsiy iste`mol 
2.
Investitsiya iste`moli (xususiy va davlat investitsiyasi) 
3.
Davlat xarajatlari 
4.
Sof eksport 
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi jam`garish va investitsiya tengligidan 
kelib chiqadi. Jam`garish deyilganda shaxsiy iste`moldagi daromad va xarajat o`rtasidagi farq 
tushuniladi. Investitsiya – bu asosiy va aylanma kapitalni o`sishiga qo`yiladigan kapital 
qo`yilmadir. Jam`garish investitsiyaning manbai hisoblanadi. Bu yerda butun iqtisodiyot 
darajasidagi investitsiya nazarda tutilib, moliyaviy aktivlar hisobga olinmaydi. Jam`garish 
investitsiya bilan mos tushmasligi mumkin. Gap shundaki jam`garish bir iqtisodiy agent 
tomonidan amalga oshirilsa, investitsiya boshqa bir agent tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
Misol uchun aholining jam`garmalari bo`yicha. 
Agar jam`garish investitsiyadan ko`p bo`lsa, u holda maxsulotning bir qismi iste`mol 
etilmayotganini bildiradi, tovar-xom ashyo zaxirasi oshishiga olib keladi. Talabning qisqarishi 
ishlab chiqaruvchilarni maxsulot xajmini qisqartirishlariga majbur etadi. Agar jam`garaish 
investitsiyadan kam bo`lsa, uholda teskari jarayon kuzatiladi.


Klassik muvozanat modelidan Keyns modelining farqi quyidagilarni ma`lum qiladi: 
1.
Klassik modelida bank protsenti va narx egiluvchanligi holatidan sezilarli darajadagi o`zoq 
muddatli ishsizlikni namoyon bo`lishi mumkin emas. Keyns modelida jam`garish va 
investitsilar tengligiga asoslanadi, bu esa to`liq bo`lmagan ishsizlik sharoitida ham amal 
qiladi. 
2.
Klassik model egiluvchan narx mexanizmi mavjudligini nazarda tutadi. Keyns bu xulosani 
rad etdi. O`z maxsulotiga talabni pasayishiga duch kelgan tadbirkorlar maxsulot narxni 
pasaytirmasdan ishlab chiqarishni qisqartiradi va ishchilarni bo`shatadi, bu esa ishsizlikni 
keltirib chiqaradi. Bu holatda bozor mexanizmidagi ko`rinmas qo`l bir meyordagi 
bandlikni ta`minlay olmaydi. 
Keyns bozor mexanizmi bilan davlat tomonidan talabni tartibga solish asosidagi 
mexanizmlarining bo`glangan modelni ishlab chiqdi. 
J.B.Seyning «taklif o`z-o`zidan talabni yuzaga keltiradi» qonunini tanqid qilgan holda, 
Keyns meyondagi rivojlanishni ta`minlash uchun talabni ra`gbatlantirish zarur deb hisoblaydi, 
ya`ni shaxsiy iste`mol va investitsiyani. 
XX asrning 70 yillardagi rivojlangan mamlakatlardagi ishlab chiqarishning pasayishi 
Keynis kontseptsiyasini tanqid qilishga imkon yaratdi va klassik kontseptsiya asosida 
takomillashtirilgan neoklassik kontseptsiya yuzaga keldi. Keyns nazariyasi inflyatsiyani 
ra`gbatlantirmasdan qanday qilib ishlab chiqarishni o`sishiga erishish va bandlikni ta`minlash 
mumkin degan savollarga javob bera olmadi. Talabni ra`gbatlantirish samara bermadi, inflyatsiya 
kuchaydi. Iqtisodiy nazariyada neoklassiy yo`nalishi kontseptsiyasi vujudga keldi, aynan: 
monetarizm, iqtisodiy taklif nazariyasi va ratsional kutish nazariyasi. 
Takror ishlab chiqarishda talabning ta`siri kontseptsiyasiga qarama-qarshi kontseptsiya, 
taklifga bilvosita ta`sir etish usulidan foydalanish kontseptsiyasi vujudga keldi. Taklif iqtisodi 
tarafdorlari quyidagilarni zarur deb hisoblaydi: 
-
Klassik jam`garish mexanizmining qayta tashkil etish; 
-
Bozor mexanizmining qayta vujudga keltirish, xususiy tadbirkorlikka erkinlik berish. 
Taklif iqtisodi tarafdorlari jam`garishni ra`gbatlantiruvchi bo`lib yuqori soliq va inflyatsiya 
bo`lishi lozim deb hisoblaydi. Ular kontseptsiyasining asosiylari quyidagilar: 
-
Tadbirkorlarga soliq imtiyozlarini taklif etish, soliq islohotlarini o`tkazishni talab etish; 
-
Inflyatsiyaga qarshi tadbirlarning mavjud bo`lishi. 
Ratsional kutish kontseptsiyasi tarafdorlari iqtisodiy agentlar iqtisodiy jarayonlarni 
mustaqil bashorat qilishda mavjud ma`lumotlardan foydalanadi va optimal qarorlar qabul qiladi 
deb hisoblashadi. Ushbu kontseptsiya tarafdorlari har qanday iqtisodiy siyosat (keynscha, 
monetar) samarasiz deb bilishadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin