32
1.Gigiyena va ozodalik
2.Aseptika, antiseptika
3.Dorilarni saqlash.
Mashg’ulot mavzusi bo’yicha
:
1.Teri osti, teri ichi, mushak ichi va vena ichi in'yeksiyalarni o’tkazishda aseptika
qoidalari.
2.Teri osti, teri ichi, mushak ichi va vena ichi in'yeksiyalarni yuborish kerak
bo’lgan tana qismlari.
3.Dorilarni to’g’ri suyultirish qoidalari.
4.Teri osti,mushak ichi,vena ichi inyeksiyasini yuborish texnikasi va xususiyatlari.
Mavzuning mazmuni
Eng muhim terapevtik tadbirlardan biri dori darmonlar bilan davolash
hisoblanadi.Tibbiyot hamshirasining asosiy vazifalaridan biri dori moddalarini
saqlashni, bemorlarga o’z vaqtida dorilarni tarqatishi,organizmga yuborish
yo’llarini bilishi zarur. Bu judayam katta ma'suliyatni talab qiladi, chunki bu
ishlarni hammasi bevosita bemorlar bilan bog’liq. Hamshira bemorni hayoti va
sog’lig’i uchun javobgarlik hissini sezishi kerak. U dorilar to’g’risida chuqur
tushunchaga ega bo’lib (dorilarni asosiy va qo’shimcha ta'sirlarini, ishlatishga
moneliklarni, asoratlarini) bilishi shart.Shuningdek dorilarni qanday yo’llar bilan
yuborish va uni asoratlarida birinchi yordam ko’rsatish kerakligini bilishi
kerak.Dorilarni effektivligini oshirish va protseduralarni og’riqsiz bajarishda
sharoitlarni yaratish (palata havosini tozaligi, tanani to’g’ri joylashtirish,
qilinayotgan ishni maqsad va usullarini tushuntirish )kerak.
Shuningdek hamshira bemorlarga mustaqil dorilarni qabul qilish instruktaji bilan
ham tushuntirish ishlarini olib boradi.
Dori moddalarini yuborish usullari:
1) tashqi usul teri qoplamalari, sxilliq pardalar yoki nafas yo’llari orqali
2) ichki(enteral) usul og’iz yoki to’g’ri ichak orqali
3) parenterial usul me'da ichak yo’llarini chetlab, ya'ni teri osti, teri ichi, mushak
ichi va vena ichi in'yeksiyalari orqali.
Eng ko’p tarqalgan va effekti kuchli bo’lgan usul bu parenterial usuldir.
Dostları ilə paylaş: