27
oqsilni eritish uchun, suvga soda (1- 2% eritma), sovun yoki kir tozalovchi
poroshoklardan (0,5 % eritma) solib yuviladi. Kuydirish yo’li bilan zararlantirishda
asosan arzon bo’lgan narsalar ishlatiladi.
Kimyoviy yo’l bilan dezinfeksiya qilish uchun ko’proq xlor tutgan
moddalar: xloramin , fenollar, krezol va uning unumlari, formaldegidlar ishlatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi 600
sonli buyruq asosida
O’zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalarida faqat 0.5% xloramin ishlatiladi.
Rossiyada ishlab chiqarilayotgan yangi dezinfeksiyalovchi moddalar.
1. “Lizanin” OP. etil spirt asosida tayyorlangan.Terini va inyeksiya maydonini
dezinfeksiya va yog’sizlantirish uchun ishlatiladi. Gramm”-“ va Gramm “+”
bakteriyalarga nisbatan antimikrob aktivligiga ega. Shuningdek shifoxona ichi
infeksiyasi, tuberkulyoz mikobakteriyasi, viruslarga qarshi ishlatiladi.
2. “Lizanin” OP – RED. Spirt asosida tayyorlangan,
ishlatishga tayyor tiniq
suyuqlik. Operatsion maydonini dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladi. Gramm“-”
va Gramm “+” bakteriyalarga nisbatan antimikrob aktivligiga ega. Shuningdek
shifoxona ichi infeksiyasi, tuberkulyoz mikobakteriyasi, viruslarga qarshi
ishlatiladi.
3. Adxes 3000.
Terini antiseptik, etanol, xlorgeksidin, va terini yumshatuvchi
moddalardan tayyorlangan. Gigiyenik va xirurgik qo’llarni tozalash uchun
ishlatiladi.
4. “Lizafin-spetsial” qattiq va yumshoq endoskoplarni dezinfeksiya qilish uchun
tavsiya etiladi. Gramm “-“ va Gramm “+” bakteriyalarga
nisbatan antimikrob
aktivligiga
ega.
Shuningdek
shifoxona
ichi
infeksiyasi,
tuberkulyoz
mikrobakteriyasi, viruslarga qarshi ishlatiladi.
5. “Amiflayn”. Tez dezinfeksiya qilish uchun sprey.
6. “Delansin”. Davolash bo’limlarni nam dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladi.
7. “Ultra – soft”. Suyuq sovun bo’lib antiseptik xususiyatiga ega.
Yuqumli ichak kasalliklarda bemor foydalanadigan idish- tovoq 2% osh
sodasi eritmasida 15 daqiqa qaynatiladi. Ich kiyimlar 2% li sovun sodali eritmada
15 daqiqa qaynatiladi. Bemorni najas va siydigi quruq xlorli ohak sepib, 1 soatga
qo’yiladi. So’ng kanalizatsiyaga to’kib yuboriladi. Bemor yotgan xona poli
xloraminli 1% eritmasi bilan artiladi.
Gripp kasalligida bemorni idishi, buyumi qaynoq suv bilan 2-3 marta
yuviladi. Sochiqlari, ro’molchasi alohida bakka to’planib
yuvuvchi vosita bilan
yuviladi. Palata esa 0,5% xloramin eritmasi bilan 2-3 marta artiladi.
Sil kasalligida bemorni shaxsiy tufdoni 1/3 qismigacha suv bilan to’ldiriladi,
tufdon balg’amga to’lganda unga xlor solib qo’yiladi va 1 soatdan keyin
kanalizatsiyaga to’kib yuboriladi.
Bemorni idish – tovog’i 2,5% li sovun- sodali eritmada 15 daqiqa
qaynatiladi.
Chiqindilar uchun ishlatilgan idishlar (tuvak, tufdon, gorshok va
boshqalar)oldin bo’shatilib so’ng yuviladi, va dezinfeksiya
qiluvchi eritmalardan
biri ( xloramin, fenol eritmalari) solingan bochkalarga solib qopqog’ini yopib 30-
60 daqiqa ushlab turiladi.
28
Ustki va ichki kiyimlar, ko’rpa – to’shaklar dezinfeksiya qiluvchi
kameralarda zararsizlantiriladi.
Oshxonada ishlatiladigan idishlar, ovqat is'temol qilgandan keyin 1- 2%
choy sodasi yoki 1% sovun eritmasi bilan 15 daqiqa qaynatiladi, agar qaynatishni
iloji bo’lmasa, unda 0,5% xloramin eritmasiga solinadi
va qaynoq suv bilan
chayib zararsizlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: