97
yuboriladi. Suv varonkani bo’yniga yetganida,uni bemorning tizzasidan pastgi
tushiriladi va oshqozondagi moddalar tog’orachaga qaytib tushadi. Muolajani
tog’orachaga toza suv tushgunga qadar qaytariladi. Oshqozonni tozalash
tugatilgandan so’ng varonka olinadi va tezlik bilan zond chiqariladi.
Bolani hazm qilish a'zolari kasalliklari tekshirishni o’ziga xos xususiyatlari
bor. Bola va onadan so’rash, bunda bemornning shikoyatiga, uning qachon kasal
bo’lganligiga , kun tartibi va ovqatlanishiga e'tibor qaratish lozim.
Ko’rik paytida bolaning umumiy holatiga baho berish lozim, og’iz bo’shlig’ini
sxilliq qavatiga, uning namligiga, toshmalar va boshqa o’zgarishlarga e'tibor berish
kerak.
Lab ko’rilganda–og’iz burchaklaridagi yoriqlar, uchuqlarga e'tibor
qaratamiz.Lablarda yoriqlar paydo bo’lganda og’iz atrofidagi teri suv yoki
antiseptik eritma bilan yuvib, quruq qilib artiladi.Steril salfetkaga shpatel
yordamida yumshatuvchi krem yupqa qilib surtilib,ketma-ket tepa va pastki lab
artiladi. Yoriqlarga tegishga ruxsat etilmaydi va har qanday yarani qo’l bilan tegish
yoki olib tashlash mumkin emas. Uchuq chiqqanda uchuqqa qarshi preparatlarni
qo’llash kerak.
Emizikli bolalarda stomatit paytida og’iz bo’shlig’ini sxilliq qavatini
tozalash rezinali ballon yoki paxtali tampon yordamida amalga oshiriladi. Bir
necha marta kaliy permanganat eritmasi yoki 2 foizli perekis vodorod
eritmasi( katta yoshli bolalar faqatgina og’zini shu eritmalar bilan chayishi kerak.)
bilan tozalab, keyin esa 1 foizli metil ko’kining suvli eritmasini surtiladi. Agar
bolada aftozli yoki yarali stomatit bo’lsa, uni darhol alohida ajratish lozim, unga
alohida idishlar, o’yinchoqlar, tozaligiga qarash, ularni tez- tez dezinfeksiya qilish
kerak. Molochnitsa bo’lganda og’iz bo’shlig’ini 2% natriy bikarbonat eritmasi
bilan artiladi. Bundan tashqari 20 % glitserinli bura eritmasi bilan ham artish
mumkin, hamda 100% li qand eritmasidan foydalansa bo’ladi.
Rentgenologik tekshiruv ko’p kasalliklarga tashxis qo’yish usullaridan biri
hisoblanadi.Oshqozon ichak traktini rentgenologik tekshiruvi uchun bemorni
tayyorlash zarur. Bir kun avval ovqat tarkibidan sabzavotlarni, mevalarni , qora
nonni , kashalarni cheklab qo’yiladi. Tekshiruvga 14 soat qolganida bemor
ovqatlanishni to’xtatishi kerak. Kechqurun yotishdan avval tozalovchi huqna
qilinadi, ertalab tekshiruvga 2- 3 soat qolganida huqna takrorlanadi.
Dostları ilə paylaş: