131
Hovuzlarda har 15 kunda nazorat ovi o‘tkaziladi. Bunda ba-
liqlarga odatdagi usulda yem berilib, katta bo‘lmagan baliq ov-
laydigan to‘r yoki sochma to‘r yordamida tanlamasdan bir necha
yuz dona baliq ovlab olinadi. Bir chelak baliq tarozida tortilib,
undagi baliqlar soni sanaladi.
Omuxta yemlarni yetarli miqdorda sotib olish imkoniyatiga
ega va har bir gektardan 15—20 s zog‘orabaliqni yetishtirishni
rejalashtirayotgan xo‘jaliklarning yem solish me’yorlarini hisoblab
chiqish misolini keltiramiz.
Har bir baliq o‘rtacha vazni 1 g ni, o‘tkazish zichligi esa
1 gektarga 100 mingtani tashkil qiladi deb faraz qilaylik. U holda
yem baliqlarning umumiy biomassasi — 1 g
100000 ta baliq =
=100 kg ni tashkil qiladi. Shunda yem me’yori 10 foiz bo‘lsa,
sutkalik yem miqdori 10 kg ni tashkil qiladi. 15 kundan so‘ng
o‘tkazilgan nazorat ovi baliqlar 2 g ga o‘sganligini ko‘rsatadi.
1. Lichinkalarni baliqcha bosqichigacha o‘stirishda amalga oshiri-
luvchi tadbirlar.
2. Lichinkalar oziqa bazasini yaxshilash uchun qo‘llaniladigan tad-
birlarni sanab bering.
3. Yosh baliqchalar yetishtirishda qaysi tashqi omillar muhim hi-
soblanadi?
4. Yurtimizda qaysi baliqlarni polikulturada yetishtirish usuli qo‘l-
laniladi?
Dostları ilə paylaş: