202
Ma’lumki, katalizator g’ovaklaridan molekulaning qiyin diffuziyalanishi,
xatto, katalizator kimyoviy tarkibi optimal bo’lganda ham, jarayon selektivligi va
izomerlanish darajasini o’zgartirishi mumkin. Shu sababli, amaliy katalizda
katalizatorning belgilangan makrostrukturasini hosil qilish muhim vazifalardan
sanaladi.
Zamonaviy katalizatorlar aktivlanish energiyasini bir necha barobarga
kamaytirib, kimyoviy jarayon tezligini 10
6
-10
16
martagacha oshira oladi. Bu esa
katalizator ishtirokida ko’plab kimyoviy reaksiyalarni, jumladan yog’larni
gidrogenlash jarayonini nisbatan yumshoq sharoitlarda olib borish imkonini beradi.
Gidrogenlash jarayonining jadalligi katalizator tabiati, uning miqdori,
gidrogenlash sharoiti va moy sifatiga bog’liqligi ko’plab tadqiqot ishlarida
isbotlangan. Jumladan moydagi hamroh moddalarning reaksiya aktivlanish
energiyasini oshirishi va jarayon jadalligiga salbiy ta’sir etishi aniqlangan.
Katalizatorlar turli tuman bo’lib, ular reagentlarning fazasiga, tayyorlanish
uslubiga, tabiatiga va qo’llanilish sohasiga qarab bir necha sinflarga bo’linadi.
Reagentlar fazasiga qarab katalizatorlar gomogen(bir xil fazali) yoki geterogen(turli
fazali) bo’lishi mumkin. Yog’larni gidrogenlashda geterogen katalizatorlardan
foydalaniladi. Makrostrukturasi va tayyorlanish uslubiga qarab katalizatorlar
dispers(kukunsimon) yoki turg’un(yirik zarracha ko’rinishida) bo’ladi. Tabiatiga va
tarkibiga qarab katalizatorlar eltuvchili yoki eltuvchisiz, promotorlangan,
passivlashtirilgan va boshqa turlarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: