IV.Mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.
VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
18-mashq. O‘qing. Ko‘chiring.
Badiiy, million, jamoa, mozaika, muallif, muomala,
mutolaa, koinot, pansionat, pianino, radio, qoida, Noila, teatr, muallim.
So‘zlarning talaffuzi va yozilishini yodingizda tuting. Hozir siz qaysi badiiy asarni mutolaa qilyapsiz? Shu haqida 2ta gap tuzib yozing.
MMIBDO`:________ ____________________________ SANA____________ 202_ yil 4-sinf O’QISH Mavzu: Iqboli buyuksan. Darsning asosiy maqsadi: Mustaqillik, istiqlolning Vatanimiz, xalqimiz hayotida muhim tarixiy voqea ekanligi, erkimiz qo'lga kiritilgach, erishgan yutuqlarimiz, buyuk o'zgarishlar haqida atroflicha tushuncha berish. Matn mazmuni bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsadi:O’quvchilar dunyoqarashini kengaytirish, mavzuga oid keng qamrovli bilimlar berish. Yosh avlodni ona Vataniga munosib o'g'il-qizlar bo'lib kamol topishiga hissa qo'shish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: Og'zaki va yozma nutqini o'stirish, malaka va ko'nikmalarni rivojlantirish.
TK: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: kerakli axborotlarni kutubxonadagi adabiyotlardan qidirib topa olish FK: Adabiy- nutqiy kompetensiya elementlari: matnlarni tinglab tushuna oladi,ularni ongli,ifodali,to’g’ri va tez oqiy olishga o’rgatadi.Badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyasi: o’rganilgan asarlarning nomi,mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha bilimlarni beruvchi , musobaqa.
Darsning jihozi va metodi: «klasterlar», mavzuga oid testlar, rasmli ko’rgazmalar, plakat va bukletlar.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
a) O’quvchilar bilan salomlashish; b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash;
c) Davomatni aniqlash; II. O’tgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa).
a) O’quvchilar Vatan haqida maqollar aytadi. Vatan ahqida she’rlar aytishadi.
Test sinovi.
1. O'zbekiston Respublikasi qachon mustaqil bo'ldi?
a) 1991 yil 1 sentabr.
b) 1992 yil 1 sentabr.
s) 1991 yil 12 oktabr.
2. O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qachon tasdiqlangan?
a) 1992 yil 8 dekabr.
b) 1992 yil 10 oktabr.
s) 1992 yil 2 dekabr.
3. O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qachon tasdiqlangan?
a) 1991 yil 2 iyul.
b) 1992 yil 2 iyul.
s) 1991 yil 10 noyabr.
III.Yangi mavzu bayoni.
IQBOLI BUYUKSAN Abdulla Oripov
Avvalo rahmatdir Onaga,
So'ng esa albatta Otaga.
Bizlarga eslatmish hayotni,
Unutmang hech qachon ustozni.
Sen o'zbek elining farzandi,
Istiqlol yurtining dilbandi...
Vataning g'oyatda keng erur,
Barchaga barobar, teng erur.
Mehnatda qotsa ham suyaging,
Hech yerga tegmasin kuraging.
Chiniqtir mayliga sen tanni,
Unutma va lekin Vatanni.
Bolajon, sen doim suyuksan,
Bilib qo'y, iqboli buyuksan!
IV. Mustahkamlash.
1. Vatanni nima uchun unutmaslik kerak, deb o‘ylaysiz?
2. «Iqboli buyuksan» iborasini qanday tushunasiz?
3. Vatanga munosib farzand bo‘lish uchun kelajakda nima ish qilmoqchisiz?
V.Uyga vazifa: matnni o’qish.
VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimi baholanadi.