Polotno to‘qishni amalda karton va ipda bajarish tartibi:
Ignaga ip o‘tkazilib, ramkaga mahkamlanadi.
Ip ramkadan bo‘ylamasiga aylantirib tortiladi. Bu bo‘ylama ip bo‘ladi.
3. Boshqacha rangli ip ikki qavat qilib mokiga o‘raladi va bo‘ylama iplar orasidan (birining ustidan, ikkinchisining ostidan) o‘tkaziladi. Bu ko‘ndalang iplar sanaladi.
4. Ish so‘nggida oxirgi ip uzilmay aylantirib qaytariladi. Gazlamaning ikki yon tomonida milk hosil bo‘ladi.
5. Tayyorlangan namuna ishchi daftarga ramkasi bilan yopishtiriladi.
Sarja to‘qilishida bo‘ylama ip ikkita ko‘ndalang ipni yopadi. Biri o‘tkazilib, yana ikki ko‘ndalang ipni yopadi. Har gal shunday takrorlanadi. Sarja diagonal to‘qima bo‘lib, yumshoqdir.
Uning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, to‘qilishda 3 tadan ortiq ip ishlatiladi. Har bir arqoq ipi tashlanganda to‘qilish naqshi bir ipga suriladi. Sarja usulida qalin, og‘ir (paxmoq, shotlandka, kashemir) gazlamalar to‘qiladi.
Sarja to‘qishda ham xuddi polotno o‘rilishi kabi shu o‘lchamdagi oq va rangli qog‘ozlardan foydalaniladi hamda o‘sha tartibda kesib olinadi.
Rangli lentalar oq qog‘ozning orqa tomonidan o‘tkaziladi. Ular birinchi qatorda navbatma-navbat, goh 2 ta tanda ostidan, goh 1 ta tanda ustidan o‘tkazib to‘qiladi.
Ikkinchi qatorda lentalarni birinchi 1 ta tanda ostidan, goh 1 ta tanda ustidan va goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib to‘qiladi va oxirida yana orqa tomoniga chiqib tugaydi.
4. Uchinchi qatorda lentalarni goh 1 ta tanda ustidan va goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib to‘qiladi.
5. To‘rtinchi qator birinchi qatordagi kabi qaytadan boshlab to‘qiladi. Hamma qatorda lentalarning har ikkala uchini oq qog‘ozga yelimlab qo‘yiladi.
6. Tayyorlangan namuna ishchi daftarga yopishtiriladi.